Sariosiyoda “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida ommaviy tadbir o‘tkazildi

18.08.2021, 14:58

Sariosiyoda “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida ommaviy tadbir o‘tkazildi

Sariosiyo tumanida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati -O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi tomonidan mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O’zbekistonda  erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Alisher Ro‘ziyevlar so‘zga chiqib, istiqlol yillarida, ayniqsa so‘nggi besh yilda xalqimiz hayoti va yurt taraqqiyotini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqan islohotlarnining mazmun-mohiyati, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak!” degan g‘oyada butun mazmuni o‘z aksini topgan keng ko‘lamli yangilanishlar natijalari haqida so‘z yuritishdi. Ushbu jarayonlarda mamlakatning yetakchi siyosiy kuchi bo‘lmish Tadbirklorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-deomkratik partiyasining ham ishtiroki borligi ta’kidlandi.

Tan olish kerak, mustaqillik har bir yurtdoshimizning hayotiga yangicha mazmun olib kirdi. Partiyamizning bosh g‘oyasi bo‘lgan erkinlik va ozod hayotni berdi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimizning farovonligiga xizmat qilmoqda.

Partiya salkam o‘n sakkiz yillik faoliyati davomida mamlakatimizda islohotlarning faol ishtirokchisi bo‘lib kelmoqda. Shuni alohida aytish kerakki, islohotlar samarasi uchun mas’ul bo‘lgan O’zLiDeP tashkil etilganining dastlabki yillarida tadbirkorlar, ishbilarmon va fermerlar manfatining ifodachisi sifatida maydonga chiqqan bo‘lsa, mustaqillikning keyingi besh yilida jamiyatimizning barcha faol qatlamlarini farovonlik va taraqqiyot maqsadlariga birlashtiruvchi mustahkam siyosiy kuch sifatida shakllandi.

O’tgan davrda partiyamiz dasturidagi «Islohot islohot uchun emas, inson manfaatlari uchun» tamoyili hayotga joriy etildi, aholining bandligi oshdi, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohalari isloh qilindi, ayollarga munosabat, yoshlarga e’tibor tubdan o‘zgardi.

O’tgan yillar partiyamizning elektorati bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar uchun ham misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar davri bo‘ldi.

“Davlat ham islohotlar ham avvalo insonlarga xizmat qilishi shart!” degan xaqiqiy xalqona siyosat amalda o‘z ijrosini topdi. Muhimi bugun yurtimizning barcha hududlari va barcha sohalar mana shu o‘zgarishlar bilan qamrab olinmoqda.

O’zLiDeP bugun yurtimizda ushbu islohotlarning muvaffaqiyatli borishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan siyosiy kuchdir. Partiyaning butun maqsad istagi shu olijanob xalqimizga xizmat qilish, yurtimizni dunyoning yetakchi davlatlari safidan o‘rin olishi uchun xarakat qilish, mana shu yo‘lda butun xalqimizni “Yangi O’zbekiston: birgalikda yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirishdir.

Tadbirda partiya faollari, deputatlar, xalqimiz suygan madaniyat va san’at sohasi vakillari, taniqli sportchilar, tadbirkor va fermerlar ham ishtirok etdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    730
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+