Surxondaryoda imzo varaqalari to‘ldirish jarayoni uyushqoqlik bilan o‘tmoqda

18.08.2021, 15:03

Surxondaryoda imzo varaqalari to‘ldirish jarayoni uyushqoqlik bilan o‘tmoqda

Partiyadan ko‘rsatilgan nomzod Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinishi uchun nomzodni qo‘llab-quvvatlab jami saylovchilarning umumiy sonining kamida bir foizi miqdorida imzo varaqalari topshirilishi kerak. Shu maqsadda O’zLiDeP Surxondaryo viloyat kengashi vakillari ham joylarda imzo varaqalarini to‘ldirish jarayonlarini boshlab yuborishdi.

Partiya vakillari bu gal Sariosiyo hamda Uzun tumanlarida bo‘lishib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlash borasida saylovchilar imzosini to‘plash ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil qilishdi. Imzo varaqalarini to‘ldirish jarayonida albatta, har yilgidan farqli o‘laroq, bu yil karantin qoidalariga qat’iy amal qilingan holda o‘tkazilayapti.

Saylovchilarning imzolarini oluvchi partiya vakili ham kovidga qarshi emlangan bo‘lib, tibbiy qo‘lqop hamda niqob taqqan holda varaqalarni saylovchilarga taqdim etmoqda. Asosan, turli tashkilot xodimlari hamda tadbirkorlar saylovchi sifatida o‘zi ma’qul ko‘rgan nomzodni qo‘llab-quvvatlab, varaqalarga imzo qo‘yib berishdi.

Yetarli imzo varaqalari to‘planganidan so‘ng, ular jamlanib, hududlar kesimida ajratib chiqiladi va 12 sentyabrgacha partiyaning vakolatli vakili tomonidan Markazi saylov komissiyasiga taqdim etiladi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    289
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+