O‘zLiDeP tomonidan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolar yig‘ilmoqda

18.08.2021, 15:12

O‘zLiDeP tomonidan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolar yig‘ilmoqda

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlash borasida saylovchilar imzosini to‘plash ishlari uyushqoqlik bilan tashkil qilinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 14 apreldagi 1067-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablari hamda pandemiya talablarini inobatga olgan holda imzo varaqalari karantin qoidalari amal qilgan holda olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash jarayoni Farg‘ona shahridagi 2-oilaviy poliklinikada ham yuqori uyushqoqlikda tashkillandi.

- Saylov kampaniyasida eng muhim jarayon siyosiy partiyaning o‘z nomzodini ro‘yxatga olinishi uchun saylovchilarni imzolarini to‘plash va ularni tekshirish jarayoni hisoblanadi, – deydi O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi apparat rahbari v.b. Halimjon Rahmonov.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    382
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+