Xorazmlik yoshlar imzo qo‘yish jarayonida faol ishtirok etishmoqda

18.08.2021, 15:14

Xorazmlik yoshlar imzo qo‘yish jarayonida faol ishtirok etishmoqda

Xabaringiz bor joylardagi partiya viloyat, tuman, shahar Kengashlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlash borasida saylovchilar imzosini to‘plash ishlari uyushqoqlik bilan tashkil qilinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 14 apreldagi 1067-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablari hamda pandemiya talablarini inobatga olgan holda imzo to‘plash jarayonlar Xorazm viloyatida ham karantin qoidalariga amal qilgan holda olib borilmoqda.

-Men bu yil ilk bor saylovlarda ishtirok etaman. Yurimiz hayotidagi siyosiy jarayonlarda mening ham ovozim muhimligini anglagan holda bugun O‘zLiDePdan  ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘ydim, - deydi yoshlar qanoti faoli Zuhra Ollazarova.

Partiya tomonidan ilgari surilayotgan bo‘lajak nomzodni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imzolash jarayoni O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashining barcha tuman, shaharlarida olib borilmoqda. Partiyamizning har bir a’zosi saylovchi sifatida o‘z imzolarini qo‘yishmoqda.

Nasiba Vaisova,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

Teglar
  • Ko'rildi
    410
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+