Dang‘araliklarga o‘zgacha kayfiyat, zavq ulashildi

19.08.2021, 14:18

Dang‘araliklarga o‘zgacha kayfiyat, zavq ulashildi

Avval xabar berganimizdek, O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlab «Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostidagi ommaviy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Tadbirning navbatdagisi Dang‘ara tumanida o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olgan O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Rahmatullo Kamolov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Ibragimovalarning dillarida shukronalik balqib turgan shodiyona ishtirokchilariga yo‘llangan bayram tabriklari, Vatanni, istiqlolni tarannum etuvchi qo‘shiqlar, dilrabo kuylar raqslarga ulanib ketdi. Bayram dasturi yig‘ilganlarga o‘zgacha kayfiyat, zavq ulashdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, yurtimizda yoshlarga katta e’tibor qaratilayotir. Ayniqsa, kuni-kecha Yurtboshimizning "Yangi O’zbekiston" gazetasi bosh muharririga bergan "Yangi O’zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda" deb nomlangan intervyularida ham mamlakatimizda yoshlarga oida davlat siyosatining o‘rni va ahamiyati naqadar yuksak enaligining guvohi bo‘ldik. O’tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida mustaqil diyorimizda olib borilayotgan tub islohotlarning mohiyati vatandoshlarimizga yetkazilmoqda.

Sh.To‘xtamatov,

O’zLiDeP Farg‘ona viloyati kengashi

matbuot kotibi.

Teglar
  • Ko'rildi
    265
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+