Mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
19.08.2021, 14:35

Shu kunlarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida mustaqillik bilan bog‘liq targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda.
O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining yaqinda bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida mustaqillikning 30 yilligi bilan bog‘liq tadbirlarni xalqimiz bilan birga yangi bosqichda, yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda nishonlash borasida alohida chora-tadbirlar rejasi belgilandi.
Maqsad istiqlol yillarida, ayniqsa so‘nggi besh yilda xalqimiz hayoti va yurt taraqqiyotini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqan islohotlarni xalqimizga yetkazishdan iboratdir. Tan olish kerak, o‘tgan vaqt mobaynida xalqimizning turmush sharoiti, dunyoqarashi o‘zgardi. Oshkoralik muhiti jamiyatimiz hayotining ajralmas qismiga aylandi. Eng asosiysi, xalqimiz, odamlarimiz mamlakatda ro‘y berayotgan istiqbolli islohotlardan rozilik hissini tuymoqda va o‘zlari ham bu jarayonlarda faol ishtirok etmoqda.
Zarafshon shahar markazida tashkil etilgan navatdagi ommaviy targ‘ibot tadbirida O’zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi, Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Tulegenova, partiya faollari, yoshlar, ayollar va sportchilar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘nggi besh yil davomida barcha jabhalardagi bemisl o‘zgarishlar, amalga oshirilgan islohotlar, qonunchilikdagi qator yangiliklar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
“Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida ko‘tarinkilik bilan boshlangan ommaviy tadbir Zarafshon madaniyat uyi “Oltin vodiy” badiiy jamoasining kuy-qo‘shiqlariga ulandi.
Shuningdek, tadbirda sport ustalari, ilm-fan namoyondalari va yoshlar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishib, bugunidan minnatdorligini izhor etishdi.
M.Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring