Partiyaning ommaviy targ‘ibot tadbiri Amudaryoda tashkil qilindi

23.08.2021, 15:51

Partiyaning ommaviy targ‘ibot tadbiri Amudaryoda tashkil qilindi

Respublikamiz bo‘ylab mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostidagi turkum tadbirlar keng quloch yoymoqda. 

Mazkur tadbirlarning navbatdagisi Amudaryo tumanida ham ko‘taringki ruxda bo‘lib o‘tdi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar mustaqillik bergan imkoniyatlar, erishilgan yutuq va imtiyozlar, mamlakatimizda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar, an’ana va qadriyatlarimizga alohida to‘xtalib, Mustaqillik – bebaho ne’mat ekanligini yorqin misollar orqali tushuntirib o‘tdilar.

Ayniqsa,  istiqlol yillarida so‘nggi besh yilda xalqimiz hayoti va  yurt taraqqiyotini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqan islohotlarning  samarasi ularoq, bugun odamlar davlat idoralari uchun emas, davlat idoralari odamlar uchun ishlashi  zarur degan g‘oya asosida keng ko‘lamli yangilanishlar natijalari aholimizning turli tabaqalari orasiga kirib bordi.

Aytib o‘tish joizki, “Ayollar, Yoshlar va Temir daftar”larda  ro‘yxatda turgan fukarolarga berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar bugun ko‘pchilikning nafaqat hayotida o‘z o‘rnini topib ketishiga, balki tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga sababchi bo‘ldi. Xalqimiz bugungi hayotidan rozi bo‘lib yashashi kerak, degan tamoyili asosida fuqarolar bilan mahallabay, oilaviy qolaversa fuqarobay tizimda ishlash yo‘lga qo‘yildi.  

Jumladan, o‘tgan besh yil respublikamizning boshqa hududlari qatori Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanida ham misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar, yangilanishlar amalga oshirildi, - deydi O’zLiDeP  Amudaryo tuman Kengashi apparat rahbari Madamin Kazakov.

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush farovonligini ta’minlash maqsadida birgina o‘tgan yilning o‘zida  sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish  411,3 mlrd.so‘m,  o‘sish sur’ati  105,0 foizga, xalq istem’mol tovarlari ishlab chiqarish 147,89 mlrd.so‘m, o‘sish sur’ati 100,0 foizga,  investitsiyalar 294,4 mlrd.so‘mni, o‘sish sur’ati 120,8 foizga, qurilish ishlari 169,1 mlrd.so‘mni, o‘sish sur’ati 129,0 foizga, eksport hajmi 8,6 mln.dollr, o‘sish sur’ati 105,5 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari esa 1 891,8 mlrd.so‘mni, o‘sish sur’ati 103,2 foizga  o‘sganligini ko‘rish mumkin. Buning barchasi eng avvalo istiqlolimiz bilan o‘zviy bog‘liqdir.  

Tadbir davomida  sport,  fan, tadbirkorlik sohasida yutuqlarga erishgan yoshlarimiz so‘zga chiqdilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar hamda Amudaryo tumani madaniyat bo‘limi hushovoz xonandalarining kuy-qo‘shiqlari  ishtirokchilarga yanada zavq ulashishdi.

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    299
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+