Buvayda tumanida mustaqilligimizning 30 yilligi keng nishonlandi
23.08.2021, 15:55

Buvayda tumanidagi “Megapark” istirohat bog‘ida O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tashabbusi bilan «Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostida ommaviy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Mavluda Ibragimova hamda Bahromjon Rahmonaliyev qatnashdilar. Ular tadbirda so‘zga chiqishib, mustaqilligimizning 30 yilligi bilan barchani tabriklar ekan, sohalarda olib borilayotgan olamshumul islohotlar haqida to‘xtaldilar.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan nuroniylar ham so‘z olishib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar har bir fuqaro o‘z hayotida sezayotganini ta’kidladilar.
Tumandagi sportchi yoshlarning chiqishlari va xushovoz xonandalarning diltortar taronalari kechaga yanada fayz ulashdi.
Sh.To‘xtamatov,
O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi
matbuot kotibi.
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring