Davlatobodda partiyaning ommaviy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

23.08.2021, 16:08

Davlatobodda partiyaning ommaviy targ‘ibot tadbiri  o‘tkazildi

Namangan shahri aholi soni yildan yilga ortib bormoda. Prezidentimiz viloyatimizga tashriflarida Namangan shahri tarkibida tumanlarni tashkil etish tashabbusini ilgari surgan edilar. Natijada oradan ko‘p vaqt o‘tmay Davlatobod, keyin yangi Namangan tumanlari tashkil topdi. Bu esa hududlar infratuzilmasini rivojlantirish, boshqaruvni takomillashtirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal qilish imkonini bermoqda.

Davlatobod tumanidagi "Yoshlar bog‘ida" O’zLiDeP tashabbusi bilan "Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida o‘tkazilgan tantanali tadbirga partiya faollari, xotin-qizlar, yoshlar vakillari tashrif buyurdilar. O’zbekiston Respublikasi Davlat madxiyasidan so‘ng sahnaga bir gurux faollar taklif etildilar. O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi Solijon Muminov barchani mustaqilligimizning o‘ttiz yillik bayrami bilan tabrikladi. Istiqlol yillarida iktisodiyot, ijtimoiy sohalarda erishilgan yutuqlarda partiya faollari, boshlang‘ich  tashkilotlarning hissasi borligini ta’kidladi. Mahallabay, xonadonbay ishlash "Temir daftar", "Yeshlar daftari", "Ayollar daftari" joriy etilgani samaralari haqida so‘z yuritdi.

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti, yaratilgan yangi imtiyozlar, imkoniyatlar haqida ham gapirildi. Barchani hamjihatlikka, birdamlikka chorladi. Tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari vatanni, istiqlolni madx etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etishdi. Yosh sport ustalari, chempionlarning sahnadagi chiqishlari hammaga manzur bo‘ldi.

Tadbir barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    321
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+