Kosonda partiyaning targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

23.08.2021, 16:34

Kosonda partiyaning targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik... Bu da’vatkor shior yangraganda yuraklarda g‘urur hissi uyg‘onadi. O’zi tug‘ilib o‘sgan jonajon diyorga bo‘lgan mehr-muhabbat yanada jo‘sh uradi. Partiya tomonidan o‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlar shu shior ostida tashkil etilayapti va unda deputatlar, partiya faollari, yoshlar va aholi vakillari ishtirok etishmoqda.

Kosonda tashkil etilgan ommaviy targ‘ibot tadbiri ham hayajon va zavqli uchrashuvlarga boy bo‘ldi. O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov tadbir ishtirokchilarini Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan qizg‘in tabrikladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Qahramon Ergashev, Gulshana Xudoyorova va Shahnoza Xolmahmatova tadbirda so‘zga chiqib, yurtimizda keyingi 5 yilda amalga oshirilgan hayotbaxsh o‘zgarishlar va yangilanishlar haqida fikr yuritishdi. Kosonda yetishib chiqqan mashhur sportchilar, fermerlar, korxona va tashkilot rahbarlari o‘zlari qo‘lga kiritgan yutuqlar haqida maroq bilan so‘zladilar.

Ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar raqslarga ulanib ketdi. 

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    329
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+