Qamashida targ‘ibot tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi

23.08.2021, 16:45

Qamashida targ‘ibot tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Vatanimiz Mustaqilligining 30 yillik tantanalari bilan hamohang tarzda o‘tkazilayotgan partiya tadbirlarida xalqimiz faol ishtirok etmoqda. Qolaversa, O’zLiDeP ommaviy targ‘ibot tadbirlarini “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida tashkil etmoqda. Partiyaning navbatdagi ana shunday ko‘ngilochar uchrashuvlarga, zavqli muloqotu dilrabo navolarga boy tadbiri Qamashi tumanida o‘tkazildi.

-Dillarga o‘zgacha bir shukuh va g‘urur baxsh etadigan bunday uchrashuvlarda deputatlar, partiya faollari bilan birga yoshlar, aholi vakillari ham faol ishtirok etmoqda, - dedi partiyaning Qashqadaryo viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov. –Bu albatta, partiyamizning siyosiy kuch sifatida nafaqat tadbirkorlarga, balki xotin-qizlar, yoshlar, aholining turli qatlamlariga kamarbasta va madadkor bo‘layotganidan dalolat beradi. Barcha ishtirokchilarni Vatanimiz Mustaqilligining qutlug‘ 30 yilligi bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Oilalaringizga qut-baraka va o‘zlaringizga mustahkam sog‘lik tilayman.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchik palatasi deputatlari Qahramon Ergashev va Shahnoza Xolmahmatova ishtirok etishdi va yig‘ilganlarni eng ulug‘, eng aziz ayyom bilan muborakbod etishdi.

Kuy qo‘shiqlar raqslarga ulanib ketdi.  Ayniqsa, iste’dodli xonanda Sharofiddin Murodovning chiqishlari gulduros qarsaklar bilan kutib olindi. Shuningdek, deputatlar, fermerlar, sportchilar, o‘qituvchi va boshqa kasb sohiblari so‘zga chiqib, yurtimizdagi yangilanish va yuksalishlarga befarq emasliklarini bildirishdi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    295
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+