Uzunda 728 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bu haqda O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishida ma’lum qilindi

14.02.2018, 11:01

Uzunda 728 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bu haqda O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishida ma’lum qilindi

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishida 2017 yil davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi rahbari Boltaboy Qulboyevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, o‘tgan yili viloyatning barcha shahar va tumanlarni kompleks rivojlantirish dasturida belgilangan loyihalarni amalga oshirish natijasida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida 118 ta, xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida investitsiya loyihalari hamda aniq xususiylashtirilgan  tashkilotlarni  rivojlantirish “yo‘l xarita” sini amalga oshirish hisobiga 39 ta bo‘sh ish  o‘rinlari yaratilgan. Shuningdek, qishloq joylarida arzon uy-joylar va yo‘l muhandislik infratuzilma qurilishi hisobiga 132 ta, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 241 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgani ta’kidlandi.

 Joriy yilda tarmoq va hududiy dasturlar hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida 330 dan ortiq xususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga 398 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda partiya deputatlik korpusi vakillari mutasaddi tashkilot rahbarining hisoboti bo‘yicha aniq taklif, fikr-mulohazalarini bildirishdi, muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Muhammadali MAMADALIYEV,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

deputalik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1674
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+