O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashining vazifalari belgilandi

25.08.2021, 16:58

O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashining vazifalari belgilandi

Viloyat kasaba uyushmasi yig‘ilishlar zalida O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya avvalida so‘zga chiqqan O’zLiDeP shahar Kengashi raisi Jonibek Matniyozov o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

- O’tgan davr mobaynida shaharda partiya a’zolarining soni 2598 nafarga oshdi.  Agar 2019  yilda partiya a’zolarimiz 4350 nafar bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ularning soni 6948 taga yetdi. Bugungi kunda O’zLiDeP a’zolarining 40 foizini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik va fermerlikda band bo‘lganlar, 25 foizga yaqinini fan, ta’lim, ijodiy soha  vakillari, qolgan 35 foiziga yaqinini boshqa soha vakillari tashkil etadi.

Raqamlar bilan bir qatorda mavjud muammolar ham alohida ta’kidlandi va bu borada ularning yechimi bo‘yicha ham fikr-mulohazalar tinglandi.

Yig‘ilish davomida kun tartibidagi bir qator masalalar ham muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha shahar Kengashi vazifalari ham belgilandi. Topshiriqqa mas’ullarning mas’uliyati oshirildi.

Konferensiya yakunida viloyat konferensiyasiga delegatlar saylandi.

O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    56
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+