O’zLiDePning buloqboshilik xayrixohlari istiqlol shodiyonasida jam bo‘ldilar

26.08.2021, 15:19

O’zLiDePning buloqboshilik xayrixohlari istiqlol shodiyonasida jam bo‘ldilar

Mustaqilligimizning 30 yilligi oldidan Buloqboshi tumani markazidagi ochiq osmon ostida jam bo‘lgan O’zLiDeP xayrixohlari keng omma bilan chinakam bayram shukuhini his qildilar. Partiya viloyat Kengashi hamda tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tinchlik tarannumi tantanasida “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”, “Birgalikda bir kuchmiz!”, “Yangi O’zbekistonni birgalikda quramiz!” shiorlari baralla yangradi.

Karantin qoidalariga qat’iy amal qilingan holda o‘tkazilgan mazkur tadbirda so‘z olgan partiya viloyat, tuman Kengashlari raislari, partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’uli, deputatlar mustaqillik bergan ne’matlar, imkoniyatlar, O’zLiDePning Vatan taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi xususida to‘xtaldilar.

Xalqimiz bugungi hayotidan rozilik hissini tuyib yashashi kerak, degan tamoyil asosida yo‘lga qo‘yilgan tizimlar, yangiliklar to‘g‘risidagi fikrlar hayotiy misollar orqali ko‘rsatildi. Namoyish etilgan slayd orqali partiyaning kechagi va bugungi faoliyati xususida tushunchalarga ega bo‘lindi.

Bayram shodiyonasi davomida taniqli san’atkorlar, sportchi va iste’dodli yoshlar, gimnastikachi qizaloqlarning chiqishlari davraga yanada ko‘tarinkilik baxsh etdi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    278
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+