Partiyaning ommaviy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda (+video)

26.08.2021, 16:32

Partiyaning ommaviy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda (+video)

O’zLiDeP tomonidan Davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusida  joylarda  targ‘ibot tadbirlari tashkil etib  kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Jomboy tumanida tashkil etildi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, keyingi besh yilda, butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Jomboy tumanida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Yangi sanoat korxonalari ishga tushdi, qishloq xo‘jaligida islohotlar jadal amalga oshmoqda. Tadbirkorlar soni yildan yilga ko‘payib bormoqda. O’tgan 5 yilda ular soni jiddiy o‘sib 250 mingga yaqin sub’ektlar paydo bo‘ldi.

O’tgan davr mobaynida 173,8 ming kishilik aholiga ega Jomboy tumanida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, yirik sanoat korxonalar soni 5 taga, qo‘shma korxonalar 44 taga, Kichik sanoat korxonalari 377 taga, kichik biznes sub’ektlari soni 216 taga ko‘paydi.

Birgina “Har bir oila - tadbirkor” dasturi asosida tumanda 23,9 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi tadbirkorlar safining kengayishiga, aholi bandligining ta’minlanishiga olib keldi.

O’zLiDeP ning bayram tadbirlari joylarda davom etmoqda.

Nasiba Mo‘minova,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

 bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    305
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+