Mehnat migratsiyaning huquqiy asoslarini takomillashtirish - davr talabi

26.08.2021, 16:50

 Mehnat migratsiyaning huquqiy asoslarini  takomillashtirish - davr talabi

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan «Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Xalqaro migratsiya tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi,
Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda deputatlar, sohaga daxldor bo‘lgan vazirlik va idoralar, va bir qator nodavlat, notijorat tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Mazkur jamoatchilik muhokamasida, O’zbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolar soni 1, 6 mln. ekanligi va mamlakatimizda ishsizlar soni 1,94 mln kishini tashkil etayotganligi shundan, ishsizlik darajasi 16 − 30 yoshdagi erkaklar orasida 20,1 foizga, ayollar orasida 17,4 foiz hisoblanishi ta’kidlandi.

O’zbekiston Respublikasida quyidagi davlat boshqaruv organlari tomonidan tarqoq xolda migratsiya jaryonlari tartibga solinib kelinayotganligi va migratsiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organini tashkil etish zaruriyati mavjudligi aytib o‘tildi.

Bugungi kunda mehnat migratsiya sohasini tartibga solishga oid 3 qonun (O’zbekiston Respublikasining 2020 yilning 13 avgustdagi “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonun va 2020 yilning 20 noyabrdagi O’RQ-642-sonli “Aholi bandligi to‘g‘risda”gi hamda
2021 yilning 4 iyundagi O’RQ-692-sonli “O’zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi  Qonunlar va o‘ndan ortiq qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinishi ta’kidlandi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli farmonida, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 204-bandida, O’zbekiston Respublikasi “Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqish belgilanganligi qayd etildi.

Muhokamada mazkur qonun loyihasining qo‘llanilish sohasi, uning asosiy tushunchalari, mehnat migratsiya sohasidagi asosiy prinsiplar, mehnat migratsiya jaryonini davlat tomonidan tartibga solinishi, mehnat migratsiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarning horijda mehnat faoliyati va xorijlik fuqarolarni O’zbekistonda mehnat faoliyati, mehnat migratsiya sohasi monitoringi va mehnat migratsiya qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan qizg‘in fikr va mulohazalar qilindi.

Tadbirda shuningdek,O’zbekiston Respublikasida mehnat migratsiyasini tartibga solishda institutsional asoslarni takomillashtirish zarurati” va “Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasining o‘ziga xos jihatlari haqida”, “O’zbekiston Respublikasi va Yevropa ittifoqi va uning a’zo davlatlari o‘rtasida mehnat migratsiya sohasida halqaro hamkorligini takomillashtirsh masalalari” kabi mavzular bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

Anjuman ishtirokchilarining ta’kidlashlaricha, ushbu qonun loyihasini qabul qilinishi natijasida:

birinchidan, mehnat migratsiyasi sohasidagi qonunosti hujjatlari qonun darajasida mustahkamlanadi, shuningdek xalqaro hujjatlardagi mehnat migrantlarning huquqlariga oid normalar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi;

ikkinchidan, fuqarolarning O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyatini tashkil etish va chet ellik fuqarolarni O’zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida jalb qilish tartibi yagona qonunda tizimlashtirilgan holda jamlash;

uchinchidan, mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab beriladi, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida qo‘llanilib kelinayotgan tushunchalarning mazmun-mohiyati yoritib beriladi;

to‘rtinchidan, sohani tartibga solishda ishtirok etadigan davlat hokimiyati va boshqaruvi, mehnat va mahalliy ijro hokimiyati organlarining vakolat doirasi belgilab beriladi;

beshinchidan, uyushgan holda joylashtiriladigan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, O’zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarning reintegratsiya qilish tartibi tizimlashtiriladi;

oltinchidan, uzoq muddat xorijda ishlab qaytgan fuqarolarni hududiy sog‘liqni saqlash muassasalarida tanosil kasalliklari, odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV infeksiyasi) va boshqa xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibi amalga to‘liq tatbiq etish imkonini yaratadi.

Qizg‘in bahs-munozaralar va savol-javoblar tarzida o‘tgan anjuman yakunida tashkilotchilar tomonidan mazkur sohadagi ishlar samaradorligini oshirishga oid tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

  • Ko'rildi
    493
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+