«Chashma»da shodlik va xurramlik bayroqlari ko‘tarildi

26.08.2021, 16:56

«Chashma»da shodlik va xurramlik bayroqlari ko‘tarildi

Sanoqli kunlardan so‘ng mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligini eng ulug‘, eng shodiyona kun sifatida keng nishonlaymiz. Mustaqillik yillarida, ayniqsa, keyingi besh yilda respublikamizda islohotlar ortidan juda katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Asosiysi esa xalqimiz tomonidan bu islohotlar va o‘zgarishlar to‘la qo‘llab-quvvatlanmoqda. Chunki, yurtimizda olib borilayotgan odilona siyosat zamirida odamlarni hayotidan rozi qilishdek ezgu maqsad mujassam va bu maqsad izchil ro‘yobga chiqarilmoqda.

Zero, qachonki xalq o‘z hayotidagi, o‘zi yashayotgan jamiyatdagi o‘zgarishlarni, turmushi farovonlashayotganini his qilsa, ijtimoiy muammolarning birma-bir hal etilayotganligiga guvoh bo‘lsa, davlatdan rozi bo‘ladi. Bevosita uning o‘zi ham shunday islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanadi.

Nurota tuman markazidagi «Chashma» me’moriy majmuasidagi amfiteatr maydonida «Birgalikda yuksalish sari» shiori ostida o‘tkazilgan ommaviy tadbirda ham shodlik va xurramlik bayroqlari baland ko‘tarildi.

O’zLiDeP Navoiy viloyati hamda Nurota tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan bayramoldi tantana viloyat va tuman deputatlari, xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari va partiya faollarining dildan aytgan izhorlari bilan boshlanib, tuman miqyosida amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar birma-bir e’tirof etildi.

Shu asnoda bunday ishlarda 8 nafar mahalliy deputat, 4095 nafar partiya tarafdorlari va 58 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlarini bir maslakka birlashtirgan O’zLiDeP fraksiyasi tuman bo‘limining ham zalvorli hissasi borligi alohida ta’kidlandi.

--Birgina «Chashma» me’moriy majmuasi bunyod etilishining o‘zi tumanda olib borilgan ishlarning samarasini yaqqol ifodalab turibdi. Ilgarigi «Chashma» ziyoratgohi atrofi qo‘shimcha ob’ektlar bilan yanada kengaytirilib, rekonstruksiya qilindi. Majmua maydoni yashil ko‘kalamzorga aylantirilib, bu yerga keluvchilarga chinakam istirohat beruvchi bir maskan bo‘ldi,-deydi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Zokirov.

Haqiqatan ham, majmua tarovati, bayram kayfiyati xonanda-yu sozandalarning sho‘x yallalariga qo‘shilib o‘zgacha bir ko‘rinish kasb etdi, deya xabar beradi O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi matbuot kotibi.

 

Teglar
  • Ko'rildi
    334
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+