Yoshlar uchun foizsiz, garovsiz, imtiyozli kreditlar ajratiladi
18.02.2022, 12:08

Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan yoshlarning 100 ta eng ilg‘or investitsiya loyihalari tanloviga start berildi.
Tanlovni jamg‘arma hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklari ishtirokisiz moliyalashtirish, garov ta’minotisiz, 100 ming AQSh dollarigacha mablag‘ ajratiladi.
Tanlov shartlari bo‘yicha, top 3 (1-3 o‘rin olgan ishtirokchilar) talikka kiritilgan loyihalar qaytarilmaslik sharti bilan, foizsiz, garov ta’minotisiz grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Top 20 (4-20 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar) talikka kiritilgan loyihalar yillik 0 foiz dan 5 yilgacha, 1 yil imtiyozli davr bilan moliyalashtiriladi.
Top 50 (21-50 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar) talikka kiritilgan loyihalar yillik 10 foizdan 7 yilgacha, 2 yil imtiyozli davr bilan moliyalashtiriladi.
Top 50 (51-100 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar) talikka kiritilgan loyihalar yillik 14 foizdan 5 yillik muddatda, 1 yil imtiyozli davr bilan moliyalashtiriladi.
Ma’lumot o‘rnida, loyiha 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan, o‘z biznes g‘oyasiga ega, ammo uni boshlash uchun tajriba va boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lmagan yigit-qizlarga mo‘ljallangan.
Yosh tadbirkorlarning loyihalari joriy yilning 15 martigacha www.fursatloyiha.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi. Arizalar o‘rganilib, tasdiqlanganidan so‘ng, g‘olib loyihalarni moliyalashtirish uchun yetti yil muddatga 100 ming dollargacha imtiyozli kredit olish imkoniyati beriladi. Bundan tashqari, munosib ko‘rilgan loyihalarga Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida ishlab chiqarish uchun 1 000 kvadrat metrgacha yer ajratilishi belgilangan.
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
O‘zbekiston – Ozarbayjon: ikki qardosh mamlakat hamkorligi kelajagiga mustahkam poydevor qo‘yildi
23.06.2022, 09:49
-
Kasb-hunar o‘rganish uchun sharoitlar kengaytiriladi
20.06.2022, 14:15
-
O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari ittifoqchilik darajasiga ko‘tariladi
06.06.2022, 15:48
-
Oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotini yaxshilash choralari ko‘rildi
02.06.2022, 16:34
-
Sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi
24.05.2022, 09:49
Bildirilgan fikrlar
Саидова Азиза2022-06-30 03:02:32
Уй олмокчимиз
Худойкулов камолиддин 2022-06-12 18:24:24
Микро карз олишим керак
Ma'muraxon2022-05-05 13:12:02
assalomu aleykum men oz yasash hududimda xususiy kutubxona ya'ni yoshlar axborot markazi ochmoqchi edim markaz ochish uchun joyim mavjud lekin mablagim yo'q shunga menga imtiyozlik foizsiz kredit olishimga yordam bersangiz
Ma'muraxon2022-05-03 19:57:13
qanchada javob berasizla
Атажанов Нодир Аскарович2022-04-23 23:20:55
Ассалому Алейкум,мен уз маблагим эвазига облисовичние гишт (ташки деворлар учун) ишлаб чикариш ускунасини сотиб олиб иш бошладим.гиштларимиз янги куриниш ва тежамликка эга.хозирги кунда ишни ривожлантириш учун маблагим етарли эмас,илтимос ишлаб чикаришимни куриб чикиб менга молиявий ердам беришингизни сурайман.
Хуснора2022-04-23 09:44:56
Кридит олмокчиман
Хуснора2022-04-23 09:43:45
Яхши буларди
Сожида2022-03-23 21:26:22
Сут ва сут махсулотлари қайта ишлаш корхонасини очмоқчиман
фурқат мухамадиев 2022-03-22 18:53:22
жавобларни қандай биламиз
muxamadiyev furqat2022-03-22 18:48:26
мен лойихага хужат ташлаганман жавоби қачо сниқади