Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi

27.03.2018, 09:28

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori qabul qilindi

Qaror bilan tasdiqlangan nizom bilan Hukumatning 2014 yil 22 dekabrdagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risida nizom normalari takomillashtirildi.

Masalan, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan va o‘tkazilmaydigan dori vasitalari va tibbiy buyumlar aniq belgilab berildi.

Xususan dori vositalari, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining yangi kombinatsiyalari, ilgari O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, biroq; boshqacha dori shakllarida, dozalarda yoki boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda ilmiy-tadqiqot ishlari uchun olib kiriladigan, klinikagacha tadqiqotlar, klinik tadqiqotlar o‘tkazish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘rgazmalarda, yarmarkalarda, xalqaro anjumanlarda namoyish etish uchun mo‘ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari qisqartirildi.

Endilikda, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalar quyidagi muddatlarda ko‘rib chiqiladi:

50 kun - dori moddalari (substansiyalar) uchun;

120 kun - qadoqlangan va o‘rash-joylash materialiga joylangan farmakopeya dorivor o‘simlik xomashyosi shaklidagi dori vositalari, bog‘lov materiallari, teshish, in’eksiya, transfuziya va so‘rib olishga mo‘ljallangan buyumlar, kontratseptivlar, rezina, rezina mato, lateks, polimerdan tayyorlangan tibbiy buyumlar, bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorlarni parvarish kilish uchun tibbiy buyumlar;

155 kun - kolgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika uchun.

Ilgari bu muddat 180 ish kunini tashkil etgan.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    4453
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+