Sharh
28.08.2019, 10:03
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OZODLIKDAN MAHRUM ETISH JAZOSINI OʻTAYOTGAN, QILMISHIGA CHIN KOʻNGILDAN PUSHAYMON BOʻLGAN VA TUZALISH YOʻLIGA QATʼIY OʻTGAN BIR GURUH SHAXSLARNI AFV ETISH TOʻGʻRISIDA”GI
FARMONIGA
Bu jarayonda adashib, turli notoʻgʻri yoʻllarga kirib qolgan, bugungi kunda oʻz qilmishidan pushaymon boʻlib, toʻgʻri xulosa chiqarib olgan fuqarolar ham davlatimizning eʼtiboridan chetda qolmayapti, ularga nisbatan afv instituti qoʻllanib, oilasi va jamiyat oldidagi maʼnaviy qarzini uzish uchun imkoniyat berilmoqda. Keyingi uch yilda yurtimizda 7-marta afv eʼlon qilinib, 3952 nafar shaxs afv etilgani – xalqimizga xos bagʻrikenglik va insonparvarlik, kechirimlilik va olijanoblik fazilatlarining yaqqol amaliy ifodasidir.
Kundalik hayotimizda sodir etilayotgan jinoiy xatti-harakatlar barchamizni ogohlikka undashi, ularning tub sabablarini oʻrganib, oldini olish uchun davlat organlari, mahalla, xotin-qizlar, nuroniylar va yoshlar faollari, jamoatchilik tuzilmalari siyosiy-huquqiy, maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni tizimli ravishda tashkil etishlari hamda bahamjihat harakat qilishlari zarur.
Taʼkidlash joizki, oʻz qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan shaxslarni afv etish – bu alohida bir shaxsni kechirishdan iborat boʻlibgina qolmasdan, kelajakka umid koʻzi bilan boqayotgan bolajonlar taqdiriga, qalbi vayron boʻlib, jigarbandini kutayotgan otaxon va onaxonlarga nisbatan Prezidentimiz tomonidan koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlikning yuksak namunasidir.
Ana shunday muhim omillarni hisobga olib hamda xalqimizga xos bagʻrikenglik va insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqqan holda bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev eng ulugʻ va eng aziz umummilliy bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligi eʼlon qilinganining 28 yilligini nishonlash arafasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan gumanistik siyosatning amaliy tasdigʻi sifatida “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 23-bandiga asosan, sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 65 nafar fuqaro afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 17 nafari jazodan toʻliq ozod qilindi, 13 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, 20 nafariga esa tayinlangan jazo yengilrogʻi bilan almashtirildi. Bir soʻz bilan aytganda, 50 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish joylaridan ota-onasi, farzandlari va yaqinlari bagʻriga qaytarildi.
Shuningdek, 14 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddati qisqartirildi va 1 nafar shaxs ozodlikni cheklash jazosidan ozod qilindi.
Afv etilganlarning 4 nafarini ayollar, 1 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxs, 1 nafarini chet el fuqarosi, shuningdek, 39 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan fuqarolar tashkil etadi.
Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida afv etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi, ularni foydali mehnatga jalb etish va sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashish yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar hamda hokimliklarga tegishli topshiriqlar berildi
O'xshash yangiliklar
-
Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkorlarning bir guruhiga minnatdorchilik bildirish to‘g‘risida
20.08.2021, 09:27
-
Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
17.06.2021, 09:32
-
Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
09.06.2021, 09:23
-
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
22.04.2021, 10:48
-
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yichaqo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
22.04.2021, 10:45
Fikringizni qoldiring