O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksini tasdiqlash haqida

23.01.2018, 10:56

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksini tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 14 dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2017 yil 20 dekabrda ma’qullangan

1-modda.  O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi tasdiqlansin.*

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini Kodeksga muvofiqlashtirsin; 

davlat boshqaruvi organlari Kodeksga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

3-modda.  O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Kodeksning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlasin.

4-modda. Ushbu Qonun 2018 yil 1 apreldan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti    Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2018 yil 22 yanvar

№ O‘RQ—460

* * *

*O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi matni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plamida e’lon qilinadi.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3081
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+