Jinoyat haqiqati va adolat ustuvorligi

29.07.2018, 17:58

Mamlakatimizda Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida barcha sohalarda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lib, aholi turmush farovonligi o‘sib borayotganini e’tirof etish kerak.

Farovonlikning yana bir muhim ko‘rsatkichi – bu ijtimoiy barqarorlik, aholi xavfsizligining ta’minlanishi, oqsoqollarimiz duolarida aytganlaridek, har bir xonadonda tinchlik, xotirjamlik bo‘lishidir. Shu bois ham, davlatimiz rahbari tomonidan fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilinishi, jinoyatchilikni oldini olish, huquq-tartibot organlari faoliyatini samarali tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, jinoyatchilikni oldini olmasdan xalq ishonchini qozonish mumkin emas. Har qanday jinoyat, zo‘ravonlik – bu adolatning buzilishi, haqiqatning sinishidir. «Jinoyat haqiqati va adolat» tizimining tashkil etilishi bu borada haqiqat, adolat ustuvor bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Albatta, jinoyatchilikni oldini olishda, adolat qaror topishida ko‘pchilik birlashib harakat qilishi kerak. Aholida adolat buzilishiga, qonunbuzarlik holatiga nisbatan toqat qila bilmaslik kayfiyatini shakllantirishimiz zarur. Toki, har bir fuqaro o‘zi ko‘rib, guvohi bo‘lib turgan har qanday qonunbuzarlik holatlariga befarq bo‘lmasin, unga munosabat bildirishni o‘zining fuqarolik burchi deb bilsin.

Yurtimiz xududlarida «Xavfsiz shahar» konsepsiyasining yo‘lga qo‘yilishi zarurligi ta’kidlandi. «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi ichki ishlar organlari ishini zamonaviy tarzda, tubdan qayta tashkil etishga, organ xodimlarining aholi ichiga yanada faolroq kirib borishini va hamkorligini nazarda tutadi. Prezidentimizning sohaga bergan tahliliy va tanqidiy bahosi, ayniqsa, yoshlar jinoyatchiligi, o‘z joniga qasd qilish ko‘rsatkichlari, yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risidagi ta’kidlari barcha mutasaddi tashkilotlarga qo‘yib bergan vazifalar orqali o‘z yechimini topadi, albatta. Lekin, sizu-biz, keng jamoatchilik ham tinchlik va barqarorlikni asrash, jinoyatchilik va qonun buzarlikning oldini olishda asosiy ishtirokchi va mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz kerak.


  • Ko'rildi
    1805
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Абдуллаев Дилшодбек-O’zLiDeP Андижон вилоят Кенгаши Бизнес тузилмалари ва фермерлар билан ишлаш бўлими мудири2018-07-30 09:04:22

"Хавфсиз шаҳар" концепциясини амалиётга тадбиқ этишда нафақат ички ишлар ходимлари, ахоли вакиллари ва кенг жамоатчиликни роли мухим деб ўйлайман. Бугуннинг талаби хам, ёнимизда ва айни пайтда бўлиб ўтаётган воқеликларга бефарқ муносабатда бўлмасликка чорлайди. Зеро, Ватанимиз тинчлиги ва дахлсизлиги учун хар биримиз маъсул эканимизни унутмаслигимиз керак.


Fikringizni qoldiring

+