Ishongan vakillar ishlashyapti

23.11.2018, 12:13

Jasurbek Qodirov
Jasurbek Qodirov

O‘zLiDeP Olmazor tuman Kengashi apparat rahbari

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolarini tumandagi kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan 50 dan ziyod tadbirkor va sarmoyador ham yaxshi taniydi. Chunki partiyamiz vakillari bu yerda muntazam muloqotlar o‘tkazishyapti.

Turli idoralar vakillari qatnashayotgan uchrashuvlarda ishbilarmonlar o‘zlarini tashvishga solayotgan muammolarni o‘rtaga tashlashyapti, ularga birgalikda yechim izlayapti.

–  Ayniqsa, yer maydoni ajratilishi va bankdan kredit olish bilan bog‘liq murojaatlar ko‘p, – deydi tuman Kengashi deputati Baxtiyor Sagatov. – Masalan, yaqinda yosh tadbirkor Doston Eshimov moliya muassasasidan sarmoya olishda qiynalayotganini bildirdi. Tegishli tashkilotlar bilan hamjihatlikda ish olib borib, tadbirkorga “Milliy bank” tuman filialidan 150 million so‘m kredit ajratilishiga ko‘maklashdik. Hozir  D. Eshimov kichik sanoat zonasida faoliyat boshladi.

Deputatlarimiz tumanning boshqa hududlarida sayyor qabullar uyushtirib, aholidan tushgan ariza-shikoyatlar, taklif-tavsiyalar umumlashtirilib, deputatlik guruhi yig‘ilishlarida muhokama qilinyapti, ularni hal etish bo‘yi­cha chora-tadbirlar ishlab chiqilyapti.  Shu yili davlat va nodavlat tashkilotlariga turli masalalar yuzasidan 45 ta deputatlik so‘rovi yo‘llangani e’tiborga molik. Natijada so‘rovlarda bayon qilingan 41 ta muammo hal etildi, qolgan 4 ta nisbatan murakkab masalaning yechimi esa nazoratga olingan.  Ayrim masalalar tuman Kengashi sessiyalari kun tartibiga qo‘yilyapti. 


  • Ko'rildi
    1120
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Илёс Насимов2019-03-13 18:48:36

Махаллий Кенгаш депутлари фаол ишлашмокда. Барча партия фаоллари ва депутатларига улакан матонат тилайман.


Раҳмонова Садоқат2019-01-25 17:04:47

Партия фаоллари томонидан амалга оширилаётган ишлар тақсинга лойиқ. Ишларга омад Жасурбек!


Muhammadjonova Durdona2018-12-01 11:18:04

Partiya xodimlari va deputatlar tomonidan yoshlarga bo'lgan e'tibor shahsan meni ruhlantirdi. Yosh tadbirkorga kredit olishida ko'maklashilgani amaliy ishlarning yaqqol misoli sifatida e'tirof etish lozim.


Артиков Музаффар 2018-11-29 18:29:52

O‘zLiDeP фаоллари ва депутатлари ахоли билан юзма-юз мулоқот қилишлари, ахолини муаммоларини ўрганишлари ва тадбиркорларга ёрдам беришлари тақсинга сазовор мен партия фаоли сифатида бундай мулоқатларни кўпроқ бўлиши тарафдориман.


Шахноза Насритдинова2018-11-29 18:23:18

Ташкил этилаётган сайёр қабуллар натижасида ахолини қийнаб келаётган бир қатор муаммоли масаллар ўз ечимини топишига сабаб бўлмоқда. Партия туман Кенгаши ходимларига зафарлар тилаб қоламиз.


М.Исмоилова2018-11-29 14:10:10

Партия сафига янги қабул қилиндим. Партиямиз тўрисида бир қанча маълумотларни олиш мақсадида сайтга кириб танишиб чиқдим. Партия ходимлари ва депутатлар томонидан жойларда ташкил этилаётган тадбирларни кўриб очиғи бу партия аъзоси бўлганимдан фахирландим. Партиямиз фаоллари қаторида бўлишни истадим.


Фазлиддин Абдурашидович2018-11-29 13:47:41

Партиямиз вакиллари амалга оширилаётган ишлар замирида халқ манфаати турибди. Омад.


Гайрат Ибрагимов2018-11-25 11:50:27

Туман депутатлари фаол ишлашмокда бунда туман кенгашининг урни ва роли катта деб уйлаймиз. Ишларига муваффакият.


Шухрат Ботиров 2018-11-25 03:02:17

Жойларда ташкил этилаетган очик мулокотларда депутатларнинг хиссалалри катта деб уйлайман


пулатова гулчехра2018-11-25 03:01:18

Olmazor tuman Kengashi olib borayotgan ishlar taqsimga loyiq. Mening fikrimga deputatlarimiz axilligini taminlagan tuman kengashi xodimlari boladi. OAV lari gazeta saytlar orqali tumanda olib borilayotgan ishlarni kuzatib kelmoqdamiz. Kengash xafta bir tadbir otkazip qogan kunlarini qogozvozlik bn otkazmasdan xar bir kunidan unimli foydalangan xolda xalqimiz ichida yurishibdi. Misol qladigan bolsak kuni kecha OzMUda otkazilgan tadbir. Birgina tadbir davomida yoshlarning siyosiy bilimini oshirgan xolda ularni qiziqtirgan savollarga kerakli barcha mutasaddi tashkilot xodimlaridan javob olindi. shuni takidlash joyizki birgina tadbirda partiyamizga 150 nafar talaba a'zo boldi. Bu shuni anglatadiki talabalarga togri va kerakli tushuncha berilgan


Fikringizni qoldiring

+