Mamlakatlar tarixida biror bir davlat uchun butun yil nomini bag‘ishlash kamdan-kam uchraydi

25.04.2019, 12:22

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ushbu sa’y-harakatlarning o‘ziyoq ikki xalq va davlatning bir-biriga bo‘lgan cheksiz hurmati, yaqinligi belgisidir.
 
O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilayotganini bugun butun dunyo ko‘rib turibdi. Xalqlarimiz esa, buni o‘zining kundalik hayotida his qilib yashamoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki, o‘zbek va qozoq xalqlarining o‘tmishi, ildizi bir, necha asrlardirki, bir-biriga jondosh va qardosh birodarlardek yashab kelishgan, yaxshi yomon kunlarida yelkama-yelka turib, birga bo‘lishgan. Yaqin qarindoshlik sifatlari quda-andachilik, oshna-og‘aynilik, aka-ukalik kabi rishtalari bilan bog‘langan.
 
O‘zbek-qozoq xalqlarini nafaqat davlat chegaralari, balki, azaliy do‘stlik va birodarlik rishtalari bog‘lab turishini, ularning doimo bir-biriga yelkadosh, qardosh xalqlar ekaniga Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqaevning mamlakatimizga davlat tashrifi asnosida yana bir bor amin bo‘ldik.
 
O‘zaro do‘stlik va hamkorlik ruhida kechgan tashrif hamda O‘zbekistonda “Qozog‘iston yili”ning rasmiy ochilishini har ikki mamlakat fuqarolari katta hayajon va quvonch bilan kuzatib bordi. Bugun ikki tomonlama munosabatlarning qaynoq pallada ekani yaqqol namoyon bo‘lib turdi. Turli darajadagi aloqalar faollashgani mamlakatlarimizning ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ko‘rsatmoqda.
 
Ta’kidlash joizki, har ikki davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik 1998 yilda Toshkentda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma, 2013 yilda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma asosida jadal rivojlanib bormoqda.
 
O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqaro siyosiy masalalarda bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Mamlakatlarimiz ikki tomonlama va BMT, ShHT, MDH, Islom hamkorlik tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi kabi xalqaro tuzilmalar doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. O‘zbekiston Qozog‘istonning 2017-2018 yillarda BMT Xavfsizlik kengashiga muvaqqat a’zolikka saylanishini yoqlagan bo‘lsa, o‘z o‘rnida Qozog‘iston O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish borasidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.
 
Shu o‘rinda aytish kerakki, savdo-iqtisodiy hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarda ham ustuvor masala bo‘lib, 2018 yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 3 milliard dollarni tashkil etgan. Bu raqamni yaqin yillarda 5 milliard dollarga yetkazish ko‘zlanmoqda.
 
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik munosabatlari ham izchil rivojlanib bormoqda. Ayni vaqtda ikki davlat parlamentlari o‘rtasida do‘stlik guruhlari tuzilib, samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan davrda do‘stlik guruhlari o‘zaro tajriba almashinuv va yaqindan tanishuv masalalari doirasida bir necha bor tashriflarni amalga oshirdi.
 
2018 yil noyabr oyining so‘nggi o‘n kunligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov boshchiligidagi delegatsiyaning Qozog‘istonga amaliy tashrifi parlamentlararo hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi, deyish mumkin. Biz – deputatlar bir necha kun davomida samarali muloqotlar va uchrashuvlarda qatnashish imkoniga ega bo‘ldik.
 
Xususan, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti, elboshi N.Nazarboev bilan bo‘lgan uchrashuv Qozog‘iston rahbariyatining delegatsiya rahbarimiz va shu bilan birga, O‘zbekiston xalqiga bo‘lgan katta hurmat ekaniga yana bir bor amin bo‘ldik. Shuningdek, ushbu tashrif davomida Qozog‘iston Senati raisi, Qozog‘iston Majlisi Spikeri, Ostona shahar hokimi va boshqa bir qator yuqori martabali mas’ullar bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama muzokaralar Markaziy Osiyoda parlamentlararo munosabatlarni yaxshilash borasidagi ishlar uchun juda foydali bo‘ldi.
 
Bilamizki, o‘tgan yili Qozog‘istonda “O‘zbekiston yili” ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Shu yil mamlakatlarimiz o‘rtasidagi turli sohalar qatori gumanitar yo‘nalishdagi aloqalarimizni ham mustahkamlash yili bo‘ldi. Bizdagi joriy “Qozog‘iston yili”da esa, bu ishlar mantiqan davom ettirilib, yangi marralarga olib chiqiladi.
 
Ochig‘i, mamlakatlar tarixida biror bir davlat uchun butun yil nomini bag‘ishlash kamdan-kam uchraydi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ushbu sa’y-harakatlarning o‘ziyoq ikki xalq va davlatning bir-biriga bo‘lgan cheksiz hurmati, yaqinligi belgisidir.
 
Yaqinda Qozog‘iston Respublikasi siyosiy hayotida bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar ushba mamlakat rahbariyati va xalqi tanlagan yo‘lning mustahkam, ishonchli ekanini yana bir bor ko‘rsatdi, tinchlik yo‘lidagi demokratik qadamlar bilan ildamlab borayotganini tasdiqladi.
 
Qozog‘iston Respublikasining amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart Toqaevning O‘zbekistonga tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni, xalqlarimizning do‘stlik va qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash borasidagi hamkorlikni yangi bosqichda, izchillik bilan davom ettirishga yordam beradi.

  • Ko'rildi
    1356
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Sarvarbek2019-10-05 20:45:34

Agrar universiteti andijon filialida oquyman zavushniy osimliklarni ximoya qilish shu soxada ish bormi


Dastonbek2019-07-29 09:52:23

Assalomu alikum men qozog'istoning chimkent shahrida M.Avezov nomli unversetitining agranomya fakultetida землустройство yonalishida zavshni bolib taxsil olib kelmoqdaman endilikda shu o'qishimni Uzbekistonda davom etirmoqchiman yani perevod qilmoqchiman shu bo'yich menga aniq maslaxatinggiz kerak iltimos bu men uchun zarur oldindan raxmat.


Zohidjon2019-02-23 11:47:40

Men Toshkent tuqimachilik va yengil sanoat instituti tamomlaganman .tugri keladimi


Axrorjon2019-01-28 19:35:31

Farg'ona Davlat Unversiteti tuproqshunoslik yonalishinini 2017 yilda tamomlaganman.mutaxasisligim boyicha ish bormi +998941315778


Nilufar2019-01-08 11:21:04

Albatta, qishloq xo'jaligidagi ko'pgina islohotlar qatorida bu yangi inspeksiyaning tashkil etilganligi juda ham o'rinlidir. Chunki, O'zbekistondagi 80% aholi qishloqlarda istiqomat qiladi. Bu esa aksariyat aholi qishloq xo'jaligida mehnat faoliyatini yuritishini anglatadi.Shunday ekan, bu sohani tubdan isloh qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday islohotlar va sohaga bo'lgan e'tibor uchun avvalo yurtboshimizga, qolaversa soha yetakchi mutaxassislariga kattakon rahmat. Sohaning bundan keyingi rivojiga muvafaqqiyat tilab qolaman. Men Toshkent davlat Agrar Universiteti " O'rmon xo'jaligi va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish" yo'nalishi IV - bosqich talabasiman. Ushbu sohada ishlab, faoliyat yuritish uchun ta'lim mutaxassisligim to'g'ri keladimi?


To'lqin2019-01-04 02:17:05

Men tarix fakultitini bitiruvchisiman. Bu soxa o'tadimi. Agar o'tsa dakumentlarni qayirga topshiraman. Oldindan raxmat


Zuhro 2018-12-20 22:47:55

Men Toshkent irrigatsiya qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali "Gidromelioratsiya" fakultetini tugatgan man o'qish davomida Suvnazorat inspeksiyaga ishlab kelganman Tugatilgan ishxonalarni xotin qizlarini ham yangi tashkil etilgan tashkilotga ishga olishlarini so'ragan bo'lar edim.Javob uchun oldindan rahmat +998936848429


Zuhro 2018-12-20 22:47:54

Men Toshkent irrigatsiya qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali "Gidromelioratsiya" fakultetini tugatgan man o'qish davomida Suvnazorat inspeksiyaga ishlab kelganman Tugatilgan ishxonalarni xotin qizlarini ham yangi tashkil etilgan tashkilotga ishga olishlarini so'ragan bo'lar edim.Javob uchun oldindan rahmat +998936848429


Сайдулло2018-12-17 20:47:55

Албатта ушбу карор Кишлок хужалигини ривожлантиришга хамда халкимизни сифатли , хавфсиз озик овкат махсулотлари билан таьминлашга куйилган кадам.Айникса Кишлок хужалигининг" уругчилик "сохасидаги корупцион холатларнинг олдини олади деган умиддаман.


Navrozbek2018-12-07 17:19:21

Men Andijon qishloq xojaligi menejment fakjlteti menejment talim yonalishini 2018 yil tamomladim men 5oydan beri inspeksiyaga xujjat topshirdim aniq bir gap aytmayapti meni soxam tushadimi menga yordam berishizi soreyman 932542004


Fikringizni qoldiring

+