Uzumchilik yo‘nalishida butun salohiyatimizni to‘liq ishga solishimiz zarur

08.07.2021, 17:00

Barno Mirzamova
Barno Mirzamova

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Keyingi yillarda agrar sohaning boshqa yo‘nalishlari kabi yurtimizda uzumchilik ham yaxshi rivojlandi. Yangi tokzorlar barpo qilindi, daraxtlarga ishlov berish, sug‘orishda yangi texnologiyalar joriy qilindi. Mazkur tarmoqqa mas’ul yangi idoralar, muassasalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 900 ming yurtdoshimiz uzumchilikda doimiy va mavsumiy ish bilan bandligi ham bu yo‘nalish ko‘lamidan darak bermoqda. Shunga yarasha salmoqli muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilyapti, hosildorlik tobora ortib boryapti.  Biroq yutuqlarga mahliyo bo‘lib qolish, xotirjamlikka berilish yaramaydi. Ayniqsa, uzumchilikda bor imkoniyatlardan to‘la foydalanilyapti, deb bo‘lmaydi.

Kecha Prezidentimiz raisligida uzum yetishtirish, uni sanoat usulida qayta ishlashni rivojlantirish hamda hududlarda enoturizmni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

 Qayd etilganidek, o‘tkazilgan tahlillar bu sohaga katta e’tibor qaratish, ko‘plab masalalarni hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Chunonchi, ayrim hududlarda yirik tokzorlar maydoni so‘nggi to‘rt yilda 7 ming gektarga kamaygan. Tarmoqda seleksiya ishlari deyarli yo‘q, haligacha 40-50 yil avval yaratilgan uzum navlari ekilyapti. Ko‘chat yetishtirish ilmiga va texnologiyasiga amal qilinmaydi, ko‘chat kasalliklari bilan olimlar ham, ishlab chiqaruvchilar ham shug‘ullanmaydi. Shu bois hosildorlik ham pasayib, kasallik esa kun sayin ko‘payib bormoqda.

Yig‘ilishda uzumchilikni jadal rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan asosiy muammolar birma-bir tilga olindi va ularni hal qilishga qaratilgan vazifalar belgilandi.

Jumladan, tog‘oldi tumanlarida yirik uzumchilik plantatsiyalarini tashkil etiladi.  Qoraqalpog‘iston va viloyatlardagi 44 ta tumanda yangi eksportbop uzum plantatsiyalari barpo qilinadi. Ilmiy muassasalar tasarrufidagi yerlarda sertifikatlangan uzum ko‘chatlari yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Uzumni qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirishning to‘liq siklini yaratish uchun vinochilik klasterlari bunyod etiladi.

 Majlisda, shuningdek, mazkur tarmoqni rivojlantirish bilan bog‘liq ishlarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.  

Muxtasar aytganda, uzumchilik tarmog‘iga jiddiy e’tibor qaratilib, tizimli isloh qilinayotgani yurtimiz aholisining ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga, qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda o‘ziga xos omil bo‘ladi.

 


  • Ko'rildi
    883
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Бахтиёр Исмоилов O‘zLiDeP Ғиждувон туман ижрочи котиби2018-06-27 15:00:16

Фармацевтика сохасини тубдан ислох килиш буйича чикарилган керакли қарор деб ҳисоблаймиз. Дори воситаларини нархи назоратга олинса яхши иш бўлар эди.


O’zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши Олим Норжигитов2018-06-25 10:18:58

Президентимизнинг “Дори воситаларини давлат рўйхатидан ўтказиш самарадорлигини ошириш ва аҳолини улар билан таъминлашни яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги фармони амалда дори воситаларини давлат рўйхатидан ўтказиш тизимини соддалаштириш орқали уни янада такомиллаштирилишини таъминлайди.


Т.Жумаев Когон шаҳар Кенгаши раис ўринбосари2018-06-25 08:44:50

Дори воситаларини давлат рўйхатидан ўтказилишини содалаштирилгани бу жуда яхши бўлди. Эндиликда олиб кириладиган дори-дармон воситалари тезкорликда ўз мижозларига етиб боради. Шу билан биргаликда юртимизга четдан кириб келадиган биологик актив қўшимчалар масаласига ҳам эътибор қаратилса эди мақсадга мувофиқ бўлар эди. Чунки уларга тиббиётимиз қандай таъриф беради, улар дори воситалари сифатида рўйхатдан ўтадими ёки қўшимча сифатидами ва уларнинг одам организимига ҳақиқий таъсир тўғрисида тиббий экспертлармиз томонидан аниқ таъриф берилмаган.


Даврон Темиров-O'zLiDePБўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-06-23 15:21:18

Жуда кўплаб ҳужжатлар қабул қилинишига қарамай,дори воситаларини давлат рўйхатидан ўтказиш тизими ҳаддан ташқари мураккаблигича қолмоқда.Ўзбекистон Республикаси Президентининг ушбу фармони бу соҳа ривожига тўсиқ бўлаётган муаммоларни бартараф этилишида асос бўлади.


Тошкент Ёшлик т.ш. Кенгаши Рахмонова С.2018-06-22 23:56:54

Хар бир сохада булганидек фармацефтика да хам купгина ислохатлар амалга оширилаяпти.Бунинг замирида халкимиз маънфати юртимиз равнаки ётибти.Бу каби замон талабига мос фармонларни жуда мамнуният билан карши оламиз.


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-06-22 22:18:56

фармацевтика сохасини тубдан ислох килиш буй нча чикарилган катор фармон ва карорлар,Давлатимиз рахбарининг бу сохага булган алохида этиборларидандир.


Xudayberdieva Mohidil Norboevna O‘zLiDeP Zarafshon shahar bo‘limi ijrochi kotibi2018-06-22 15:50:59

Ushbu farmonning qabul qilinishi aholi uchun zarur bo‘lgan dori-darmon vositalari bilan aholini o‘z vaqtida ta‘ninlashga hamda sifatsiz va qalbaki dori vositalarini sotilishini oldini olishga yordam beradi.


У.Боймуродов O'zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-06-22 11:09:39

“Дори воситаларини давлат рўйхатидан ўтказиш самарадорлигини ошириш ва аҳолини улар билан таъминлашни яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони юртимизда тиббиёт, хусусан фармацевтика тармоғига жиддий эътибор, мазкур фармон амалда дори воситаларини давлат рўйхатидан ўтказиш тизимини соддалаштириш орқали уни янада такомиллаштириш имконини беради ва халқимиз фаровонлигига хизмат килади.


Fikringizni qoldiring

+