Jahonning eng mashhur muzeyida namoyish etilayotgan osori-atiqalarimiz yurtimizga qiziqishni yanada kuchaytiradi
06.12.2022, 18:25

Sherzod Mamatqulov
O'zLiDeP Jizzax viloyat kengashi apparati rahbari
Ulug‘vor tarix, benazir madaniy merosga ega xalqmiz. Yurtimiz o‘tmishiga oid har bir osori-atiqa shundan dalolat berib turibdi. Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida noyob tarixiy yodgorliklarimizga e’tibor, hurmat, nafaqat o‘lkamiz, balki dunyoda ham tobora oshib borayotgani quvonarli.
Xususan, Prezidentimizning Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron taklifiga binoan ushbu mamlakatga rasmiy tashrifi davomida davlatlar rahbarlari tomonidan ikkita yirik ko‘rgazma ochildi. Luvr muzeyida ochilgan “O’zbekiston vohalarining mo‘‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” va Arab dunyosi institutida tashkil etilgan “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘‘jizalari” ko‘rgazmalari olimlar, tadqiqotchilar, sayyohlarda ulkan qiziqish uyg‘otmoqda. Ko‘rgazmalar kelgusi yilning 6 martigacha davom etadi.
Luvrdagi namoyish butun tariximiz, eng Qadimgi Varaxsha, Afrosiyob devoriy suratlaridan tortib, hozirga qadar madaniyat va san’at sohasiga tegishli osori-atiqalarni mujassam etdi. Umumiy hisobda 320 dan ortiq eng yaxshi eksponatlar barchaga ko‘z-ko‘z qilinyapti.
Madaniyat sohasidagi hamkorlik mamlakatni, xalqni dunyoga juda tez tanitadi. Turizm sohasida ham peshqadam Fransiyaga bir yilda 60 million sayyoh keladi. Luvr muzeyini esa 10 milliondan ko‘proq odam tomosha qiladi. Ko‘rgazma davomida u yerda o‘zimizni ko‘rsatishimiz bizni yanada ko‘proq e’tirof etishlariga, O’zbekistonga, uning madaniyati va tarixiga nisbatan qiziqish ortishiga sabab bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, turizmni rivojlantirishga katta turtki beradi.
Saylovoldi dasturidan O’zbekistonni jahon turizmining jozibali markaziga aylantirish, yurtimizni sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan dunyoning 30 ta davlati qatoriga izchillik bilan kiritish vazifasi ham o‘rin olgan partiyamiz, albatta, ana shunday tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Madaniy boyliklarimizni ardoqlash, dunyoga tanitish farzandlarimizni yetuk, barkamol insonlar etib tarbiyalashda ham ahamiyati ulkan.
Bildirilgan fikrlar
Shaxboz2021-05-26 07:24:16
Men Davlat ishida ishliman menga kridet kerak biznes rejam bor necha foizlik kridet olishim mumkin
Abajan 2021-03-05 18:56:54
Kredit ucun kafil yoq nima qilsam bo'ladi
Ergash2021-02-09 11:29:13
Tanish bilish bo'lib yotibdiyu
Sa'dullayev Azizbek 2021-01-10 22:03:27
Assalomu Aleykum men tumanimizda dokon va sex ochmoqchiman 10 kishi ish bilan taminlayman ammo pul tomondan qiynalyap man qanday qilib kridit olsam boladi yoshim 18 da garovga qoyishga narsam yoq lekin kafil bor maslahat beringlar tel: 998941144322
To'rabek2020-12-13 10:45:50
Salom hammaga men hozirda 11-sinfda o'qiyman maktabni tamomlab issiqxona qurib tadbirkorlik qilmoqchiman lekin buning uchu menda na pul na garovga qo'yishga joyim na yerim bor imkoni bo'lsa maslahat bersangiz raqamim + 998905668519
Oybekova Madinabonu2020-11-27 16:43:35
Assolomu Aleykom yoshim 18 da.Yosh tadbirkorlarga ajratilayotgan imtiyozli keriditlardan qanday qilib foydalansam bo'ladi qayerga murojat qilishim kerak.+998909059151
Rasul2020-11-26 21:42:50
Salom alekum men imtiyozli kiridit omoqchiman tadbir korlik bilan shug'ulanmoqchi edimavto ehtiyoq qismlari va avto ustaxona 6 kishini ish bilan taminlardim yoshim 19 da fikrimni inobat olasila deb oyliman
Usmonbek 2020-11-25 00:14:59
Salom men Xorazm dan Usmonbek man yoshim 18 da men baliqchilikni rivojlantirmoqchiman. Shuning uchun yoshlar uchun berilayotgan imtiyozlardan foydalanib qredit olmoqchi man. Va men uzim qatori do'stlarimni ham bandligini ta'minlashda o'z hissamni qo'shmoqchiman.Iltimos mening fikrimni muhokama qilib ko'rilar Telefon raqamim : 99 071 2353 ; 93 282 2303
Husniddin2020-11-07 14:48:33
Assalomu Alekum Mani Ismim Mirzayev Husniddin Yoshim 19 Da Qashqadaryo Viloyati Qarshi Shahridan Man. Hozirda Ishsizman. Imtiyozli Kredit Olib Ish Boshlamoqchiman. Imtiyozli Kredit Olish Uchun Manga Qanday Talablar Qo'yiladi Va Kreditni Man Qanday Olishim Mumkin. Iloji Bo'lsaYordam Beringlar. Mirzayev Husniddin. Tel: +998906666300
Shaxboz Azamatov2020-11-04 13:21:16
Men tumanmizda markazlashkan inkubatsiya tashkil etishni xoxlayman bunig uchun imtiyozli kridit surayman agar surovim maqul bulsa yordam kutaman bu ishbilan 25 nafar ishchi urni yaratladi