Mehnat kodeksi: tadbirkorlik sub’ektlari va ularning xodimlari uchun ham yangi normalar belgilandi

Alisher Ro‘ziyev
Alisher Ro‘ziyev

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi deputati

Mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish jamiyatning har bir a’zosi uchun muhim jarayon sanaladi. Chunki har birimiz jamiyatning bir bo‘lagimiz, ishchi yoki ish beruvchi maqomida faoliyat yuritamiz. Vaqt o‘tgani, zamon rivojlangani sari odamlarning ongi va tushunchalari ham kengayib boradi. Mehnat kodeksining qabul qilinganiga 26 yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa, demak uni o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish bugungi kunning talabi desak, xato bo‘lmaydi. Shu boisdan ham davlatimiz rahbari joriy yil 28 oktyabrida yangilangan Mehnat kodeksiga imzo chekdilar.

Kodeksda qanday o‘zgarishlar borligi bugun hamma uchun qiziq. Ularning ayrimlarini tahlil qilamiz. Avvalo, aytish kerakki, yangi kodeks avvalgisidan hajm jihatidan ikki baravar ko‘p, ya’ni 7 ta bo‘lim, 34 ta bob, 581 ta moddadan iborat.

Yangi kodeksda mehnat shartnomasi, uni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq moddalar o‘zgarishsiz qolgan, biroq ish beruvchilarning toifalari yangilangan bo‘lib, ularning doirasi ancha kengaydi. Masalan, endilikda ish beruvchi sifatida nafaqat tashkilotlar, balki ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari ham ish beruvchi vakolatiga ega bo‘ladi. Undan tashqari jismoniy shaxslar ham ish beruvchilar qatoriga rasman kiritildi.

Qolaversa, endi yangi hujjatga ko‘ra, kasaba uyushmalari xodimlar huquq va manfaatlarini himoya qilgan holda belgilangan shartlarni ishlovchining foydasiga xizmat qiladigan qilib belgilashi mumkin. Bunga esa ish beruvchilar, ya’ni rahbarlar bilan muzokaralarni tashkil etish orqali erishish mumkin. Bunday muzokaralar orqali har qanday tashkilot o‘zining xodimlari uchun qulayroq sharoitlar, masalan ko‘proq ish haqi, qo‘shimcha dam olish kunlari, mukofotlash, mehnat muhofazasini kuchaytiruvchi qoidalar, yanada qulay mehnat sharoitlarda ishlashni nazarda tutadigan maxsus ichki mehnat hujjatlarni tuzish imkoniyatiga ega.

Xuddi shunday xodimlarning mehnat intizomini belgilovchi, ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, attestatsiya tartibini belgilovchi, xizmat safarini tartibga soluvchi korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalari aynan bir korxona uchun qabul qilinishi mumkin. Buning uchun, albatta hamma uchun namuna sifatida xizmat qiladigan hujjatlar O’zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi kengashi va Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilishi kutilmoqda. 

Bugungi kunda bilamizki, aholining katta qismi tadbirkorlar qo‘lida yashirin mehnat bozorida faoliyat yuritmoqda. Bunda yetarli darajada oylik ish haqi, munosib mehnat sharoitlari, dam olish va ta’tillardan voz kechgan holda ishlashga majbur. Shuning uchun, yangi Mehnat kodeksi aynan shunday mehnatkashlarning mehnat huquqlarini himoya qilgan holda, ular faoliyat yuritayotgan ish joylarini va ish beruvchilarning rasmiy bo‘lishiga xizmat qiladi. Ya’ni unda ilgari qonun bilan tartibga solinmagan tadbirkorlik sohasida yollanma mehnat munosabatlarini nazarda tutilgan bo‘lib, bu sohalarda ishlayotgan mehnatkashlarning mehnat huquqlarini aniq belgilab berdi.

Yana hujjatda 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ishdan bo‘shatish, pensionerlarning mehnat shartnomasini bir tomonlama bekor qilish taqiqlandi. Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun ham qator moddalar kiritildi. Albatta, bularning barchasida inson manfaati ustunligini ko‘rish mumkin.


  • Ko'rildi
    304
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Даврон Темиров O`zLiDeP Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-07-14 11:39:36

Президентимизнинг ушбу қарори асосида мамлакат ташқарисига кетаётган фуқароларнинг меҳнат ва ижтимоий ҳуқуқлари ташқи меҳнат миграцияси тизими фаолиятини тубдан такомиллаштиради ва хорижга ишга кетаётган фуқароларимиз ижтимоий химоясини кафолатлайди.


Элмуродов Фарход Бойманович-Кашкадарё вилоят Чироқчи туман кенгаши2018-07-12 17:36:27

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасининг ташқи меҳнат миграция тизимини янада такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарорининг қабул қилиниши , ташқи меҳнат миграцияси тизимини янада такомиллаштиришга , унинг ташкилий шаклларини тубдан кенгайтиришга , меҳнат фаолиятини амалга ошириш учун республика ташқарисига кетаётган фуқароларнинг меҳнат ва ижтимоий ҳуқуқлари ҳимоя қилинишини таъминлашга хизмат килади


O`zLiDeP Бухоро туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари-аппарат раҳбари - Саттор Бафоев2018-07-11 09:03:33

Хорижда ишлаётган фуқаролар Пенсия жамғармасига энг кам иш хақининг тўрт ярим баравари миқдорида йиллик суғурта тўловларини тўлаган тақдирда тўловлар амалга оширилган даврлар меҳнат стажига қўшилиши бу улар учун ҳуқуқий ҳимоядир.


Олим Норжигитов, Жиззах вилояти 2018-07-10 18:01:23

Президентимизнинг “Ўзбекистон Республикасининг ташқи меҳнат миграция тизимини янада такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори асосида мамлакат ташқарисига кетаётган фуқароларнинг меҳнат ва ижтимоий ҳуқуқлари ҳимоя қилиниши тўлиқ таъминланади.


Кадиров Жасурбек - O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари-аппарат раҳбари2018-07-10 15:29:34

Юртбошимиз ташббуси билан қабул қилинган мазкур қарор ташқи меҳнат миграцияси тизимини янада такомиллаштириш, унинг ташкилий шаклларини тубдан кенгайтириш, меҳнат фаолиятини амалга ошириш учун мамлакат ташқарисига кетаётган фуқароларнинг меҳнат ва ижтимоий ҳуқуқлари ҳимоя қилинишини таъминлашга хизмат қилади. Мамлактимизда барча ислохотлар қаторида меҳнат миграциясига ҳам муносабат тубдан ўзгармоқда.


Fikringizni qoldiring

+