Yoshlar muammolariga yechim topish dolzarb masala

07.12.2022, 11:37

Jamshid Jalolov
Jamshid Jalolov

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

Mafkuraviy tahdidlar aholining ma’lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qarashlarini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda o‘zgartirish, ekstremizm, axloqsizlik kabi buzg‘unchi g‘oyalarni singdirishga urinishdek ko‘rinishlarda sodir bo‘lmoqda.

Bugungi shiddatli globallashuv davrida yoshlar ongini yot g‘oyalardan asrash, internet orqali kirib kelayotgan zararli g‘oya va ta’sirlardan samarali va ishonchli himoyalash dolzarbligicha qolmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning oltinchi sammitida nutq so‘zlab, mamlakatlar radikal g‘oyalarning keng xurujiga yanada ko‘proq to‘qnash kelayotganiga e’tibor qaratdi.

Bugungi kunda buzg‘unchi kuchlar targ‘ibot va mafkuraviy ta’sirning yangi uslublaridan foydalangan holda ekstremistik tashkilotlarga yoshlarni faol jalb etayotganligini alohida ta’kidladi.

O’z navbatida bu kabi muammolarni oldini olish va yosh avlodni radikalizmdan asrash, ularning kuch-g‘ayrat va shijoatini bunyodkorlik sari yo‘naltirish uchun tizimli hamkorlik zarurligi, o‘g‘il-qizlarimiz o‘z kuchiga ishonishi, adolatli kelajakni qaror toptirishda o‘z ishtirokini his etishi, o‘z salohiyat va umidlarini amalda ro‘yobga chiqarish imkoniyatlariga ega bo‘lishi uchun barcha choralar ko‘rilishi kerakligini qayd etdi.

Prezidentimiz, yig‘ilishda Yoshlar kengashi hamraisi sifatida turli yoshdagi insonlar o‘rtasida bir-birini yaxshiroq tushunishga da’vat etadigan, yoshlarning eng dolzarb muammolariga birgalikda yechim izlashga ko‘maklashuvchi yangi formatni – Avlodlar muloqotini yo‘lga qo‘yishni, Yosh yetakchilar Forumi doirasida ilk uchrashuvni 2023 yil Samarqand shahrida o‘tkazish taklifini bildirdi.

Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etilishi, vertikal tizimni yaratilishi, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etilishi, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yosh avlodni radikalizmdan asrash, ularning kuch-g‘ayrat va shijoatini bunyodkorlik sari yo‘naltirish uchun xizmat qilmoqda deyish mumkin.


  • Ko'rildi
    777
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олим Норжигитов, Жиззах вилояти 2018-07-21 19:08:31

Президентимизнинг “Жаҳон банки ва Халқаро молия корпорациясининг “Бизнес юритиш” йиллик ҳисоботида Ўзбекистон Республикасининг рейтингини янада яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори ва қарор билан тасдиқланган “Йўл харитаси” эса мамлакатимизда инвестиция муҳитини яхшилаш, бизнес юритиш учун энг қулай шарт-шароитлар яратилишини таъминлайди.


Fikringizni qoldiring

+