O’zbekiston mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda tashabbus ko‘rsatmoqda

24.05.2023, 11:49

  Aktam Xaitov
Aktam Xaitov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi

Bugungi kunda Xitoy O’zbekistonning savdo sheriklari  orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Masalan, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra,  davlatlar o‘rtasidagi  tovar ayirboshlash hajmi qariyb to‘qqiz milliard dollarni tashkil etgan. Joriy yilda bu ko‘rsatkich  o‘n milliard dollarga yetadi. Xitoy o‘zbek  mahsulotlari uchun katta va istiqbolli bozor, investitsiyalar sohasida  juda muhim hamda vaqt sinovidan o‘tgan  hamkordir.

Biz O’zbekistonda tarixiy qisqa davr ichida “Bir kamar, bir yo‘l” yoki “Kamar va yo‘l” dasturi unda ishtirok etuvchi davlatlar uchun taraqqiyotning yangi imkoniyatlarini ochgan holda, o‘zining hayotiyligi va muhim rolini  ko‘rsatganini ko‘rib turibmiz. Bundan tashqari, hozirgi kunda “Kamar va yo‘l” dasturining mintaqaviy va global miqyosdagi roli, ayniqsa, xalqaro munosabatlarning global miqyosda o‘zgarishini hisobga olganda,  yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

O’zbekiston “Kamar va yo‘l” dasturini birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatlagan davlatlardan biri sifatida XXRning ushbu tashabbusida faol ishtirok etib kelmoqda. Bu mamlakatimizga savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish hamda yuk tashish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilgan holda, yangi ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirini barpo etish imkonini beradi.  

 Bu dastur qurilishiga bevosita bog‘liq bo‘lgan yangi transport yo‘laklarini shakllantirishga xizmat qiladigan transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mamlakatimiz uchun muhim ahamiyatga ega.

Shu o‘rinda, ShHTning Samarqand  sammitida kelishilgan Xitoy – Qirg‘iziston – O’zbekiston temir yo‘l qurilishi loyihasini alohida ta’kidlab o‘tamiz. Loyihaning amalga oshirilishi muhim ahamiyatga  ega, chunki u mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarida  yangi imkoniyatlarni ochib beradi.

Xavfsiz va qulay transport yo‘laklarini rivojlantirish strategik ahamiyatga ega. Ular Xitoyni bizning mintaqamiz bilan bog‘lab, Yevropa, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyatini beradi.

Shu bois davlatlar rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi birinchi sammitining qadimiy Sian shahrida o‘tkazilishi g‘oyat ramziy ma’noga ega. Chunki Buyuk ipak yo‘li aynan shu yerdan boshlanadi,  bu shahar xalqlarimiz, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik aloqalarning  yorqin  timsolidir. Ushbu nufuzli  tadbirda O’zbekiston  Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Unda  Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada  kengaytirish, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Sammit  tarixiy voqeaga aylandi va  barcha mamlakatlar uchun  yangi imkoniyatlarni ochadi. Prezidentimizning  2022 yil yanvar oyida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy rahbarlarining onlayn sammiti chog‘ida “Markaziy Osiyo – Xitoy” yangi iqtisodiy muloqotini o‘tkazish bo‘yicha bildirgan tashabbusini alohida qayd etish o‘rinli.

Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida murakkab xalqaro vaziyatda ushbu uchrashuv  alohida  ahamiyat kasb etishini qayd etgan edi.  Mamlakatlarimiz pandemiya bilan bog‘liq sinovlarni yengib o‘tib, global miqyosdagi ishonch taqchilligining salbiy oqibatlariga to‘qnash keldi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan barqaror transport-logistika zanjirlaridagi jiddiy uzilishlar, oziq-ovqat va energetika xavfsizligiga tahdidlar, inflyatsiya importi o‘sib borayotgan sharoitdagi ijtimoiy keskinlik bilan bog‘liq xavf-xatarlar va boshqa muammolar bizdan amaliy hamkorligimizni kuchaytirish va faoliyatimizni yanada ko‘proq muvofiqlashtirishni talab etmoqda.

Shu nuqtai nazardan, Shavkat Mirziyoyev uzoq muddatli kun tartib, istiqbolli rejalar va ko‘p qirrali hamkorlik vazifalari asosida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qancha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Strategik yondashuvlar, kompleks tavsiya va qarorlar, mintaqaviy va global miqyosda tub burilish yasaydigan loyihalarni ishlab chiqish maqsadida mamlakatlarimizda  yetakchi “aql markazlari”ning birgalikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarurligi  qayd etildi. Munozara  maydoni sifatida kelgusi yil Samarqandda milliy strategiyalarimizni uyg‘unlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi xalqaro ekspertlar konferensiyasini o‘tkazish taklif etildi.

Prezidentimiz mintaqa mamlakatlarining barqaror rivojlanishi uchun  sharoitlar yaratish masalalariga alohida to‘xtaldi. Bunda kambag‘allikka qarshi samarali kurashish masalalariga  ustuvor ahamiyat qaratiladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari yangi iqtisodiy muloqotni shakllantirish va mamlakatlarimiz o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirish, mintaqa mamlakatlarining 2030 yilgacha Xitoy bilan tovar aylanmasi hajmini ikki barobar oshirishga erishish tarafdori ekanini ta’kidladi. Bunga sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishning mutanosib o‘sishi, samarali savdo-logistika infratuzilmalari va zamonaviy ulgurji-taqsimlash tarmoqlarini shakllantirish, “yashil” va ekspress-yo‘laklar tizimini joriy etish, elektron tijoratning umumiy platformasini yaratish hisobidan erishiladi.

Qulay shart-sharoitlar va zaruriy huquqiy bazani shakllantirish uchun o‘zaro savdoga ko‘maklashish va investitsiyalarni rag‘batlantirish to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitimni qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etildi. Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, raqamli texnologiyalarni jalb etish va innovatsiyalarni, ayniqsa, qishloq xo‘jaligiga keng joriy etish masalalari Xitoyning provinsiyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hududlararo muloqotlar doirasida samarali hal etilishi mumkin.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha davlatlar rahbarlari “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammitining Sian deklaratsiyasini imzolashdi.  Unda sammitning samarali natijalari o‘z ifodasini topgan bo‘lib, bu mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik aloqalari va har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash,  farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Xitoy haqida gapirganda, O’zbekistonning xitoylik sheriklari bilan birga  amalga oshirayotgan investitsiyaviy loyihalari milliy iqtisodiyotimiz va texnologik modernizatsiyani rivojlantirishga  yordam berayotganini qayd etish joiz. O’zbekiston ko‘p sohalarda dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri sifatida Xitoy bilan hamkorlikda katta istiqbollarni ko‘radi.


  • Ko'rildi
    258
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Жўраева Гулбахор O`zLiDeP Нишон туман Кенгаши раси ўринбосари 2018-08-08 14:32:49

давлатимиз раҳбари Сергели туманида қурилаётган метро ва кўп қаватли уйларнинг жорий аҳволи билан танишиб, Ташриф давомида қурилаётган метро ва уй лойиҳалари билан яқиндан танишиб бу борада керакли маслахатларини бердилар. Бу ҳаммаси биз Ўзбекистонликлар учун яна бир қулайликлардан биридир


Абдуллалатиф Раҳманов Наманган вилоят Кенгаши Сиёсий таълим маркази раҳбари2018-07-31 18:00:22

метрони сифатли, қулай ва хавфсиз қилиб қуриш нафақат инсонлар ҳавфсизлиги шу билан биргаликда мамлакатимизнинг туризм салоҳиятига ҳам ижобий таъсир қилади


Миришкор туман Жейнов Чорвадори МЧЖ даги БПТ раиси Саидова Ирода2018-07-24 16:24:50

Давлатимиз раҳбарининг шахсан ўзлари Сергели туманида қурилаётган метро ва кўп қаватли уйларни бориб кўрганликлари ишларнинг сифатли ва тез битиши учун бир пойдевор десам муболаға бўлмайди.Бу борада ўз кўрсатмалари ва маслаҳатларини берганликлари қурувчилар ва фаолият олиб бораётган мутахасисларни кучига - куч ғайратига – ғайрат қўшганига ишонаман ва бундай масъулиятли ишда қурувчиларга омад тилайман.


Б.Утешова Канликул тумани2018-07-24 15:43:23

Республикамизда олиб борилаётган бинёдкорлик ишлари энг аввало инсон манфаатлари учун. Амалга оширилаетган ишлар халқимизнинг маданиятини ошириб, яшаш тарзини яхшилашда хизмат қилади


O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари-аппарат раҳбари2018-07-24 12:58:54

Юртбошимиз Шавкат Миромонович Сергели туманида қурилаётган метро ва кўп қаватли уйларнинг бунёдкорлик ишлари билан танишдиб бунёд этилаётган метро ва кўп қаватли уйлар лойиҳалари доирасида ўзларнинг тавсияларни бердилар. Амалга оширилаётган улкан бунёдкорлик ишлари халқимизнинг турмуш фаравонлигини янада оширишга хизмат қилиши билан алоҳида эьтиборлидир.


А.Шахриев Косон туман Гулбог МФЙ БПТ раиси2018-07-24 09:16:41

Давлатимиз раҳбарининг Сергели туманида қурилаётган метро ва кўп қаватли уйларнинг жорий аҳволи билан танишдилар.Қурилаётган метро ва уй лойиҳалари доирасида керакли маслаҳатлар берилди. Бу ҳаммаси республикамиз фуқароларимизга қулайликлардан далолатдир.


Fikringizni qoldiring

+