Tomorqa – qo‘shimcha daromad manbai

28.10.2017, 16:56

Lola Murotova
Lola Murotova

Farg‘ona viloyat Kengashi deputati, Oltiariq tumani “Nurli Obod” fermer xo‘jaligi rahbari

Istiqlol yillarida fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha mustahkam huquqiy asos hamda zarur shart-sharoitlar yaratildi. Ularning mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy sub’ektlar sifatida shakllanishi va rivojlanishini ta’minladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qariyb 100 foizi fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer maydonlarida yetishtirillayotgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shu bilan bir qatorda aholi ixtiyoridagi 480 ming gektardan ortiq tomorqa maydonlaridan foydalanish samaradorligi pastligini ham ochiqchasiga e’tirof etish kerak. Shu bois ham farmonda tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, bu sohadagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish birinchi navbatdagi vazifa etib belgilangandi. Bundan tashqari, davlat boshqaruvi organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga ekin maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Bu esa tomarqani daromad manbaiga aylantirishiga ishonamiz.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!


Jumanazar Qurbonov
Jumanazar Qurbonov

Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

Farmonga muvofiq fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalanishdagi shaxsiy manfaatdorligi va mas’uliyatini oshirish, bu borada parlament, vakillik va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan tizimini yaratish belgilangani ayni muddao bo‘ldi. Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashlarida, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi har oyda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida muhokama qilib borish tartibi joriy etilmoqda. Bu albatta mahalliy Kengash deputatlaridan ham katta mas’uliyat talab etadi. Shu nuqtai nazardan Prezidentimizning yuqoridagi farmoni ijrosini hokimlar, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchiligidagi komissiya alohida nazoratga olishini tavsiya qilaman.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!


  • Ko'rildi
    2693
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

С,Машарипова O`zLiDeP Хива шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-06-14 04:31:45

Худудларлардан сайланган дупутатлар бунга жавобан жойлардаги ижтимоий, иктисодий муаммоларни хал этишда маъсулият хиссини ошириб, элим деб, юртим деб ёниб яшасалар ва ишласалар муаммолар уз ечимини топади.


Fikringizni qoldiring

+