Shaxina Iskandarova, Gamburg universiteti 3-bosqich talabasi (Germaniya):

26.01.2018, 18:02

Shaxina Iskandarova
Shaxina Iskandarova

Gamburg universiteti 3-bosqich talabasi (Germaniya)

– Germaniyada, xususan, Gamburg universitetida Sharq xalqlari tili va madaniyatini o‘rganish borasida uzoq tarixga ega ilmiy maktab mavjud. Ayni paytda ushbu universitetda sharqshunoslik yo‘nalishida o‘qiyapman. Yaqin yillarda yurtimizga qaytib, soham bo‘yicha ilmiy izlanish olib bormoqchiman. Ajdodlarimizdan qolgan ma’naviy merosni o‘rganish, xorij tillariga tarjima qilish – asosiy maqsadim.

Germaniyada ham Imom al-Buxoriy, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino va Alisher Navoiy kabi allomalarimizni yaxshi bilishadi. Ularning dunyo tamadduniga qo‘shgan ulug‘ hissasini yuksak qadrlashadi.

Prezidentimiz parlamentga Murojaatnomasida ayni masalaga alohida to‘xtalib, “Ma’lumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi bo‘lgan yurtimiz zaminidan o‘rta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz-avliyolar yetishib chiqqan. Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi butun insoniyatning ma’naviy mulki hisoblanadi. Hozirgi kunda O‘zbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali to‘liq o‘rganilmagan, ular olimlar va o‘z o‘quvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob asarlarda bugungi davr o‘rtaga qo‘yayotgan juda ko‘p dolzarb muammolarga javob topish mumkin”, deganini eshitib, ruhlanib ketdim va bu boradagi ishtiyoqim yanada ortdi.

Ana shu niyatni dilimga tugib, bugun ingliz, nemis, turk va fors tillarini o‘rganyapman, buyuk ajdodlarimizning asarlarini asl tilida o‘qib, tahlil qilyapman. Maqsadim – ulug‘ zotlarning bebaho merosini keng targ‘ib qilish, o‘zbek madaniyati, boy tarixini butun dunyoga ko‘z-ko‘z etishdir.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!


  • Ko'rildi
    1766
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+