Kamoliddin Mansurov

26.01.2018, 18:15

Kamoliddin Mansurov
Kamoliddin Mansurov

Rur universiteti filologiya fakulteti magistranti (Germaniya)

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev­ning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida, qolaversa, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiya­sini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida ijtimoiy soha, jumladan, ta’lim sohasini rivojlantirish va yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani bizni kelajakka ishonch ko‘zi bilan qarashga undadi.

Shaxsan men, o‘qishni tamomlaganimdan so‘ng yurtimizda tarjimonlik maktabini ochmoqchiman. Bu men uchun nafaqat o‘z sevgan mashg‘ulotim bilan muntazam shug‘ullanishim, ayni paytda tadbirkorlikni boshlashim uchun ham imkoniyatdir. Mamlakatimizda xususiy ta’limni rivojlantirishga muhim ahamiyat berilayotganidan yaxshi xabardorman.

O‘zLiDePning “Yoshlar qanoti” faollari bilan onlayn muloqotlarimiz chog‘ida ushbu maqsadimni aytganimda, ular menim g‘oyamni to‘la qo‘llab-quvvatladilar va yordamga doim tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Mamlakatimizda biz yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanib, ta’lim tizimini jahon talablari darajasiga ko‘tarishga ozgina bo‘lsa-da hissa qo‘sholsam, o‘zimni behad baxtiyor sezaman.


  • Ko'rildi
    1346
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+