Sahobiddin Rahmatullayev, Lyublin iqtisodiyot va innovatsiya oliy maktabi talabasi (Polsha):

26.01.2018, 18:31

Sahobiddin Rahmatullayev
Sahobiddin Rahmatullayev

Lyublin iqtisodiyot va innovatsiya oliy maktabi talabasi (Polsha)

– 2018 yilning O‘zbekistonda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingani hamda kuni kecha ushbu yo‘nalishda Davlat dasturi qabul qilingani yurtimiz kelajagini o‘ylab tashlangan nihoyatda muhim qadamdir. Bugun Yevropa va Osiyoning yetakchi davlatlari iqtisodiyotida innovatsion yo‘nalish asosiy o‘rin egallamoqda.

Men ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurtida innovatsiya yo‘nalishiga ustuvor e’tibor qaratiladi. Ko‘plab davlatlardan kelgan talabalar safida 30 ga yaqin yurtdoshimiz ham tahsil ko‘ryapti. Shu haftada men yurtdoshim Sardor Azizov bilan kursdoshlarimizga O‘zbekiston haqida taqdimot o‘tkazdik, yurtimizda bo‘layotgan islohotlar haqida gapirib berdik. Bizning o‘lkamizda har bir yilga muayyan nom berilishi an’anaga aylangani, 2018 yilning aynan innovatsion g‘oya va loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangani o‘qituvchilarimizda ham, kursdoshlarimizda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Vatanimizda bu yo‘nalishga bejiz e’tibor berilmayotgani, ota-boblarimiz ham o‘z davrining innovatori bo‘lganini Al-Xorazmiy bobomizning bugungi informatsion texnologiyalarga tamaltoshini qo‘yganini hayotiy misollar yordamida hikoya qilib berdim. Ochig‘i, kechagina O‘zbekiston to‘g‘risida unchalik tasavvurga ega bo‘lmagan kursdoshlarimiz ko‘nglida juda ko‘plab savollar tug‘ildi...

Taqdimotimiz tugaganidan keyin professorimiz shunday qadim madaniy tamaddunga ega yurt vakillari bilan suratga tushamiz, deb qoldi.  Biz Vatanimiz bilan, uning boy tarixi, bugun innovatsion rivojlanish sari yuz tutayotgan halqimiz bilan juda-juda faxrlanamiz. Zamonaviy bilimlar sohasida chuqur izlanib, yetuk mutaxassis bo‘lib, kelajakda  O‘zbekis­ton ravnaqiga xizmat qilamiz.


  • Ko'rildi
    1551
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+