Nurulloh Kamolxo‘jayev, Vusong universiteti talabasi (Janubiy Koreya):

26.01.2018, 18:42

Nurulloh Kamolxo‘jayev
Nurulloh Kamolxo‘jayev

Vusong universiteti talabasi (Janubiy Koreya)

– O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining iqtisodiyotni rivojlantirishga taalluqli qismi ilg‘or qarashlar ko‘pligi bilan, ayniqsa, e’tiborimni tortdi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga ikki yilgacha moratoriy qo‘yilayotgani, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun venchur fondlar imkoniyatlarini jalb qilish ko‘zda tutilayotgani, investorlar uchun soliq tizimi aniq va tushunarli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilayotgani bugun O‘zbekistonda iqtisodiyotga eng zamonaviy mexanizmlar joriy etilayotganidan dalolat beradi. Xuddi shunday ijobiy qadamlardan biri mahalliy va xorijiy investorlarni kerakli statistik axborotlar bilan ta’minlaydigan, biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot beradigan “Investitsiya portali” ochish taklifining ilgari surilgani bo‘ldi. Bunday yangilanishlar yaqin kelajakda mamlakatimizni dunyodagi eng investitsion jozibador davlatlardan biriga aylantirishi shubhasiz.

Tahsilim davomida aksariyat rivojlangan davlatlar aynan mana shunday ilg‘or usullarni qo‘llash orqali katta yutuqlarga erishganini ko‘plab misollarda ko‘rganman. Xususan, men ta’lim olayotgan Vusong universiteti Janubiy Koreyaning Dayjong shahrida joylashgan bo‘lib, ushbu shaharni AQShning “Silikon vodiysi”ga qiyoslashadi. Bu yerda iqtisodiyot uchun yangi yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar yaratiladiki, ularning fursatni boy bermasdan to‘xtovsiz amaliyotga tezda joriy etilayotgani bugun Janubiy Koreyadagi keskin ijobiy o‘zgarishlarda alohida o‘rin tutadi.

O‘ylaymanki, Prezidentimiz tashabbusi bilan iqtisodiyotga tatbiq etilayotgan yangicha yondashuvlar yurtimizni ham yaqin yillarda mana shunday zamonaviy iqtisodiyotga ega davlatlar qatoriga qo‘shadi.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!


  • Ko'rildi
    1609
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+