Aleksey Kim, Xalt xalqaro biznes maktabi tinglovchisi (AQSh):

26.01.2018, 18:45

Aleksey Kim
Aleksey Kim

Xalt xalqaro biznes maktabi tinglovchisi (AQSh)

– Mamlakatimizda barcha sohada erkinlashtirish, liberallashtirish jarayoni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqilayotir. Har qanday taraqqiyotning asosida erkinlashtirish turishini tarix ko‘p martalab isbotlagan. Shu yondashuv, albatta, iqtisodiyotga ham taalluqli. Qayerdaki, iqtisodiyotning erkinlik darajasi yuqori bo‘lsa, o‘sha yerda o‘sish bo‘lishi aniq. Biz nazariy darslarda o‘rganayotgan bu qarashlarning bugun O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etilayotgani meni juda quvontirdi. Iqtisodiy nazariyada bunday islohotlarning avangardida har doim kuchli lider, pragmatik rahbar turgani ta’kidlanadi. Bugun mamlakatimizga yetakchilik qilayotgan Prezidentimiz ana shunday inson.

AQShning biznes ta’lim yo‘nalishidagi ushbu nufuzli oliy o‘quv muassasasiga kirishdan oldin O‘zLiDePning Chirchiq shahar Kengashida bosh konsultant bo‘lib ishlaganman. 2016 yil sentyabrda partiyaning Toshkent viloyat Kengashi qoshida xalq bilan muloqot uchun maxsus qabulxonalar ochilib, odamlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Shavkat Mirziyoyevga murojaat yozish imkoniyatiga ega bo‘lganini, eng asosiysi, ushbu arizalarning har biriga javob kelganida yurtdoshlarimiz yuzida jilvalangan tabassum, ko‘zida chaqnagan o‘tni ko‘rganman va bu taassurot bir umrga xotiramda muhrlanib qoldi. Iqtisodchilar yaxshi bilishadiki, biror davlatga investitsiya kiritmoqchi bo‘lganlar nafaqat iqtisodiy omillarga, balki mana shunday real holatni aniq baholovchi faktorlarga ham katta e’tibor qaratishadi.

Magistraturani Janubiy Koreyada Seul milliy universitetida o‘qigan edim. O‘sha paytda ham jonajon O‘zbekistonim bilan g‘ururlanib yurardim va bir niyat qilgan edim: vaqti kelib O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi bo‘laman va davlatimning bayrog‘ini tarixiy yurtimda baland ko‘tarishga xizmat qilaman. Bugun mamlakatimizda yuz berayotgan olamshumul o‘zgarishlarni ko‘rib esa, tezroq o‘qishni tugatib, har sohada bunyodkor xalqimiz safiga qo‘shilish orzusidaman. O‘zbek xalqida “Intilganga tole yor”, degan hikmatli maqol bor. Men ham yorug‘ kelajak sari intilmoqdaman va, albatta, o‘z maqsadlarimga erishaman, O‘zbekistonimga sadoqat bilan xizmat qilaman!

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!


  • Ko'rildi
    1482
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+