Aziza Zoirova, Dehli universiteti siyosatshunoslik fakulteti talabasi (Hindiston):

26.01.2018, 19:00

Aziza Zoirova
Aziza Zoirova

Dehli universiteti siyosatshunoslik fakulteti talabasi (Hindiston)

– Bo‘lajak siyosatshunos sifatida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, davlat boshqaruviga doir yangiliklarni doim kuzatib borishga intilaman. Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni o‘qib chiqdim.

Mamlakatimizda fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirok etishga bo‘lgan huquqini ro‘yobga chiqarishning yangi mexanizmi sifatida elektron jamoaviy murojaat qilish – petitsiya yo‘llash tizimi joriy etilishini faqat olqishlash kerak. Ushbu tizim fuqarolarga davlat hokimiyatining vakillik organlari oldiga aniq savollar qo‘yish imkonini beradi, ushbu organlar esa fuqarolarning ma’lum soni tomonidan ma’qullangan murojaatlar yuzasidan chora ko‘rishi shart bo‘ladi. Petitsiya yo‘llash orqali faol fuqarolar va jamoat tashkilotlari turli muammolar yechimi bo‘yicha tashabbus ko‘rsatishlari mumkin. Shu tarzda mamlakat hayotiga aloqador eng muhim qarorlar bevosita muloqot asosida qabul qilinadi. 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!


  • Ko'rildi
    2150
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+