Umida Ro‘zimbetova, Bristol universitetining davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha magistranti:

26.01.2018, 19:02

Umida Ro‘zimbetova
Umida Ro‘zimbetova

Bristol universitetining davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha magistranti

– Ayni paytda nafaqat Buyuk Britaniyada, balki jahon ta’lim muassasalari orasida ham katta nufuzga ega universitetda davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayapman. Darslarda turli mamlakatlar misolida hukumatlarning ish uslublarini tahlil qilamiz. Hokimiyatning xalqqa yaqinlik darajasi, mavjud resurslardan kelib chiqib, aholi muammolarini yecha olish qobiliyati naqadar muhimligini o‘rganamiz.

Keyingi paytda boshqaruvga fuqarolik jamiyati institutlarining qanchalik jalb qilingani hukumatlar faoliyatini baholovchi asosiy mezonga aylanayotganini ko‘rish mumkin. Shu ma’noda Prezidentimiz tashabbusi bilan davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak degan tamoyil joriy etilgani juda katta tarixiy qadam bo‘ldi. Ayniqsa, Parlamentga yo‘llangan Murojaatnomada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashini tuzish ko‘zda tutilgani ham quvonarli. 2018 yilda rejalashtirilayotgan “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi esa respublikamiz huquqiy asoslarini yanada mustahkamlaydi. Ushbu qutlug‘ qadamlar O‘zbekistondagi davlat boshqaruvi tizimini jahon andozalari darajasiga olib chiqadi, albatta.

O‘qishni tamomlagach, O‘zbekistondagi faol yoshlar qatorida turib, bilim va tajribamni meni tarbiyalab, ulg‘aytirgan xalqimiz, davlatimiz ravnaqi yo‘lida sarflamoqchiman. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonidan o‘rin olgan ulug‘vor maqsadlar meni shunga da’vat etmoqda.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!


  • Ko'rildi
    1852
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+