O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi

09.06.2018, 12:27

Mexroj Fayzilov
Mexroj Fayzilov

O‘zLiDeP Samarqand viloyati Kengashi raisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp taklifiga binoan bo‘lib o‘tgan rasmiy tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning yangi tarixiy bosqichini boshlab berdi. Ikki tomonlama savdo aloqalarini kengaytirish, oliy ta’lim va akademik tadqiqotlar, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalarida hamkorlik, O‘zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonidagi hamkorlik borasida o‘zaro anglashuv, 2018 yilda Toshkentda Markaziy Osiyo savdo forumini o‘tkazish to‘g‘risidagi kelishuvlar ushbu tashrifning amaliy natijasi bo‘ldi.

Tashrif davomida mamlakatlarimizda savdo o‘sishi va ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiluvchi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatini izlash yo‘lida bildirilgan qat’iyatlilik unga alohida ahamiyat kasb etmoqda. Partiyamiz qishloq xo‘jaligi, energetika, kimyo, moliya, turizm, to‘qimachilik sanoati, sog‘liqni saqlash va raqamli texnologiyalar sohalarida yanada yaqin hamkorlik yo‘lga quyilishi tarafdori.

Biz, O‘zLiDeP faollari, O‘zbekiston rahbarining AQShga tashrifi natijalari so‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston-Amerika munosabatlari jadal sur’atlar bilan rivojlanganining mantiqiy yakuni, deb hisoblaymiz.  Hamkorlik yo‘nalishlarining biri sifatida parlamentlar va siyosiy partiyalar darajasida o‘zaro tashriflarni yanada faollashtirish zarurligini, bu esa siyosiy hamkorlikni kuchaytirishga ko‘maklashishini ta’kidlaymiz. Umuman olganda, ishonchimiz komilki, bo‘lib o‘tgan tashrif O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida strategik hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish, o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.


  • Ko'rildi
    1309
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+