O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi A.Xaitovning Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

14.01.2020, 10:05

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi A.Xaitovning Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Keyingi yillarda Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy armiyamizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy qurol-yarog‘ va aslahalar bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ma’naviy-intellektual tayyorgarligini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasi o‘laroq, milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yoshlarimiz uchun sharafli vazifaga aylandi.

Biz davlatimiz mudofaa qudratini har tomonlama oshirish, yetuk va malakali harbiy kadrlarni tayyorlashga, Vatan himoyachilari, ularning oilalari uchun munosib hayot sharoitlarini yaratishga bundan keyin ham alohida e’tibor qaratish tarafdorimiz.

Qadrli mard va jasur Vatan himoyachilari!

Sizlarni O‘zLiDePning ko‘p ming sonli a’zolari nomidan mamlakatimizda keng nishonlayotgan sharafli ayyom – Vatan himoyachilari kuni bilan qutlar ekanmiz, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilaymiz!

Samimiy ehtirom ila,

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar

harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik

partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya

qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov.

  • Ko'rildi
    1382
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Fikringizni qoldiring

+