Oldimizga aniq vazifa qo‘yildi

20.04.2021, 14:58

Oldimizga aniq vazifa qo‘yildi

Prezidentimizning Samarqandga tashrifi har doim viloyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif davomida nima yangilik bo‘larkan, degan o‘yda edik. Samarqandda amalga oshiriladigan qurilish-bunyodkorlik sohasidagi ishlar albatta, ko‘pchilikni quvontiradi.

Viloyat faollari bilan o‘tkazgan yig‘ilishda bildirilgan fikrlar har bir samarqandlikning oldiga aniq vazifa qo‘ydi. Negaki, davlatimiz rahbari foydalanilmagan imkoniyatlarni ishga solish uchun 5 ta drayver sohani ko‘rsatib o‘tganining o‘zi katta bir imkoniyatlar eshigini ochadi. Ya’ni, minglab ish o‘rinlari yaratilishi, muhimi, xorij bozorlariga jadal kirib borishimizga zamin yaratadi.

Birgina misol, biz Afg‘oniston davlatiga tuxum va parranda go‘shti eskport qilamiz. Prezidentimiz aytganidek, transport logistikasi rivojlantiriladigan bo‘lsa, ko‘rsatkichlarimiz ortib, yana o‘nlab odamlar manfaatdor bo‘lishi mumkin. Aytmoqchi bo‘lganim, birgina tovar narxida transport xarajatlari ulushining yuqori bo‘lishi ko‘pgina muammolarga sabab bo‘ladi.

Hozirda Urgut erkin iqtisodiy zonada 55 korxona ishga tushdi. O’tgan yili bu korxonalarda 1 trillion 300 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 30 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Iqtisodiy zonada 4 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilgan va  korxonalarda 220 turdagi, jumladan 110 turdagi import o‘rnini bosuvchi elektro texnikalari, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 martdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan yana hududimiz kengaydi. Bu esa ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini yaratmoqda. Ayni paytda 30 ta korxonada qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Tashrif davomida davlatimiz rahbariga 80 ga yaqin yangi loyiha haqida ma’lumot berdik. Yangi loyihalarning ishga tushirilishi natijasida yana 10 mingga yaqin doimiy ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari “Urgut” erkin iqtisodiy zonasiga berilgan imtiyozlarni barcha tuman va shaharlarga qo‘llash hamda har biriga kamida 50-100 million dollar investitsiyalarni jalb qilish hisobiga 200 gektar maydonda  1 milliard dollarlik qo‘shimcha sanoat loyihalarini amalga oshirishni bildirdi. Shuningdek, loyihalarni sifatli ishlab chiqish uchun Loyihalar fabrikasining “Urgut ofisi” tashkil qilishni taklif qildi.

Umuman, Prezidentimiz o‘tkazgan yig‘ilishda viloyatimizda sanoat, xizmat ko‘rsatish va turizm, yirik industrial issiqxonalar va transport logistikasi bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar aytib o‘tilib, mas’ullar belgilandi.

Qolgan gapni ham davlatimiz rahbarining o‘zlari aytdi: “Axir shuncha yil xalqni qiynab kelgan muammolar bilan shug‘ullanmadik, endi kechikishga haqqimiz yo‘q.”

Ilhom BOTIROV,

O`zLiDeP Samarqand viloyat

Kengash raisining

 birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari

  • Ko'rildi
    280
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Fikringizni qoldiring

+