O’zLiDeP tinchlik tarafdori
17.05.2021, 14:54

O’zLiDeP, uning tarafdorlari va faollari Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskinlashuvidan xavotirda. Partiyamiz Falastin-Isroil tomonlarini zo‘ravonlik harakatlariga chek qo‘yishga, vaziyatni yanada keskinlashtirishdan saqlanishga va qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi.
O’zLiDeP Quddusdagi muqaddas joylarga hurmat ko‘rsatilishini ta’minlagan holda, nizoni faqat siyosiy-diplomatik vositalar bilan tartibga solish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish lozim deb hisoblaydi. Umuman, Falastin-Isroil muammosini xalqaro me’yorlarga muvofiq, BMT Xavfsizlik kengashining avval qabul qilingan rezolyutsiyalari va “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal qilish lozim.
O’zLiDeP matbuot xizmati
Fikringizni qoldiring