O‘zLiDeP: Hayotbaxsh g‘oyalar tashabbuskoriga ishonch bildiramiz syezd delegatlari fikrlaridan parchalar

10.09.2021, 14:40

O‘zLiDeP: Hayotbaxsh g‘oyalar tashabbuskoriga  ishonch bildiramiz syezd delegatlari fikrlaridan parchalar

Farmon AMINOV, O‘zLiDeP Buxoro viloyat kengashi raisi:

– Prezidentlikka nomzod  Shavkat Mirziyoyevning partiyadoshlarimiz uchun o‘ziga xos dasturilamal vazifasini o‘tovchi “Yangi O’zbekiston strategiyasi” deb nomlangan ma’ruzasini tinglab, xayolimdan tarix mulkiga aylanayotgan besh yil ichida sodir bo‘lgan juda  ko‘p o‘zgarish va voqealar o‘tdi. Olaylik, Toshkentda yer osti metrosi bor edi, to‘g‘rimi, yana yillar o‘tib, yer usti metrosi ham quriladi, desa, birov ishonarmidi? Uch qavatli ko‘prik, salkam ellik qavatli binolar qad ko‘tar yapti, bular ko‘z oldimizda bo‘layotgan yangiliklar. Yoki oddiy misol, bizning Buxoroda necha ming

lab qad rostlagan va ayni paytda qanchalab oilalar ko‘chib yashayotgan ko‘p va bir qavatli uy­joylar­chi?! Bularning hammasi, avvalo, mamlakatda amalga oshirilayotgan izchil va uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan oqilona siyosat mevasi emasmi?! Bugun bizga taqdim etilgan strategiyada ham keyingi besh yillikda rejalashtirilayotgan ulkan islohotlar o‘z aksini topgani yanada quvonchlidir.

Sodiqjon TURDIYEV, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari, senator:

– Esimda, 2013 yili shu partiyaga rais bo‘lib kelgan mahalim 130 mingdan ko‘proq a’zolari bor edi. Bugun e’tirof etilganidek, mamlakat siyosiy maydonida yetakchi siyosiy kuchga aylangan O‘zLiDeP a’zolari soni bir milliondan oshganini eshitib, quvonib ketdim. Albatta, bugun partiyamizdan yuksak maqom, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nom zodi ko‘rsatilayotgan Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ro‘yobga chiqayotgan tarixiy o‘zgarishlar o‘z­o‘zidan, osonlikcha amalga oshib qolgani yo‘q. Katta mehnat va zahmat tufayli shunday yorug‘ kunlarga yetib keldik. Shu ma’noda nuroniylarimiz yurtimizda ularga yaratilgan imkoniyatlar dunyoning boshqa biror davlatida mavjud emasligini har doim faxr bilan tilga olishadi. Bugungi kunda viloyat va tuman markazlarida faxriylarimiz uchun ajoyib maskanlar barpo etildi. Har gal qaysi davraga borsak, otaxon va onaxonlar Yurtboshimizni alqashyapti, duolar qilishyapti.

Men atoqli siyosat arbobi, fidoyi inson Shavkat Mirziyoyev nomzodini barcha maslakdoshlarimiz ushbu saylovda qo‘llab­quvvatlashlariga ishonaman!

Abatbek DANIYAROV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi  direktori:

– Prezidentlikka nomzod o‘z saylovoldi ma’ruzasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi aholining yashash sharoiti, ekologik muhiti to‘g‘risida alohida to‘xtalgani boisi, bilaman, u kishining qoraqalpoq xalqiga bo‘lgan mehr­muhabbati cheksiz. Qachon bu hududga borsa, ovulma­ovul kezib chiqadi, oddiy odamlar bilan dildan gaplashadi. Asosiysi, mavjud muammolarni yechishda yaqindan ko‘mak beryapti. Shuning uchun ham barcha kaksayu yoshlarimiz bu insonni o‘zlarining eng yaqin jigaridek, og‘a­inisidek hurmat qiladi, qadrlaydi.

Mavluda XO’JAYEVA, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining Ayollar maslalalari bo‘yicha o‘rinbosari, parlament deputati:

– O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Miromonovich  Mirziyoyevning saylovoldi dasturini chuqur hayajon bilan tingladik. Deyarli barcha sohalar, ayniqsa, ijtimoiy soha, xususan, xotin­qizlar masalasiga alohida e’tibor qaratilgani biz ayollarni behad quvontirdi. Mamlakatimizda gender teng likni ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Senat raisi, elchi, tuman hokimi kabi o‘ta mas’uliyatli lavozimlar bizlarga ishonib topshirilgani ham bejiz emas. Yoki olaylik, O’zbekis ton ayol deputatlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o‘rtasida 2015 yilda 128­o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilda esa 37­o‘ringa ko‘tarildi. Partiyamiz safidagi ayollar so‘nggi 5 yilda 50 foizga oshib, salkam 450 ming nafarni tashkil qilmoqda. Men bir ona sifatida, barchangizni kunu tun o‘zini ayamasdan, xalqimizga, Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilayotgan, onaga, ayolga bo‘lgan e’tibor va e’zozni eng yuqori darajaga ko‘targan Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab­quvvatlashga chaqiraman.

Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori:

– 45 yildan beri ta’lim sohasida ishlayapman. Ko‘p qiyinchiliklarni ham ko‘rdik. Masalan, yaqin yillarda yotoqxonalar bo‘mbo‘sh edi. Talabalar o‘qishga qiziqmay qo‘ygandi. Bugun, qarang, talab oshib ketdi, endi yotoqxonada joy yo‘q. Olti asr muqaddam Mirzo Ulug‘bek bobomiz o‘z ilmu ma’rifati, bunyodkorliklari bilan millatimiz obro‘sini osmonga olib chiqqan bo‘lsa, bugunga kelib, Uchinchi Renessans poydevorini qo‘ymoqqa shaylangan Shavkat Mirziyoyev uni yanada baland ko‘tarish yo‘lida tinmay izlanyapti, kurashyapti. Bundan xalqimiz bag‘oyat minnatdor va ertangi kuniga ham ishonchi mustahkam. Shu bois ham u kishi bugungi ma’ruzasida  “Inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu esa xalqimizni rozi qilishdek sharafli vazifani amalga oshirish yo‘lida o‘ziga xos mayoq bo‘ladi.

Yodgor SA’DIYEV, O’zbekiston xalq artisti:

– Prezidentlikka nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzasini eshitib, ta’lim va ilmga alohida urg‘u berganliklari bejiz emasligiga amin bo‘ldim. Negaki, har doim u kishi tinchlik, ta’lim, maktab haqida to‘lqinlanib so‘zlaydi va amalda ham bu haqiqatlar o‘z isbotini topayotir. Yana bir xayrli ishlarini aytmasam bo‘lmaydi, (bir lahzalik jimlik va taniqli aktyor ko‘z yoshlarini tiyolmadi) Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida maxsus farmon bilan bir guruh marhum san’atkorlarning xalq oldidagi sharafli xizmatini munosib ravishda taqdirladi. Tasavvur qiling, ularning  farzandlari, nevaralari, qarindosh­urug‘larining quvonchini so‘z bilan ta’riflab berolmayman.

Anna DOBRIX, Oliy Majlis Senati a’zosi, “Iftixor kiyim sanoat” MChJ rahbari:

– Shavkat Miromonovich  tashabbusi bilan juda qisqa muddat ichida birgina konvertatsiya, valyuta ayirboshlash bo‘yicha amalga oshirilgan islohotni olaylik. Yillab odamlar bu masalada sarson bo‘lib yurardi. Hozir istalgan bankka kirib, so‘m olasizmi, valyuta ayirboshlaysizmi, biror muammo yo‘q. Bo‘lar ekan­ku! Yoki yaqinda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotni aytaylik. Men ham tadbirkor sifatida bu uchrashuvda aytilgan va ko‘tarilgan masalalar, ularning yechimlarini ko‘rib ruhlandim. Ishonchimiz kundan kunga ortib boryapti. Men ham boshqa partiyadoshlarim da’vatiga labbay deb javob beraman va munosib nomzodni hamisha qo‘llayman!

Norqobil JALILOV, Nurxon ELMIRZAYEVA,

“XXI asr” muxbirlari

  • Ko'rildi
    398
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Fikringizni qoldiring

+