Inson qadrini hamma narsadan ustin deb bilgan nomzodimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman!

29.09.2021, 10:44

Inson qadrini hamma narsadan ustin deb bilgan nomzodimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman!

Kecha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda viloyatimizning kelgusi besh yillikdagi jadal rivojlantirish va aholi hayotini yaxshilash bo‘yicha aniq rejalar, yangi g‘oyalar, tashabbuslar, loyihalar bo‘yicha qator takliflar bildirildi.

Ma’ruzada barcha sohalar qatori ijtimoiy sohalarni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini kuchaytirish maqsadida 22 ta yangi oilaviy shifokorlik punkti va 10 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi hamda zamonaviy jihozlanadi. 120 o‘ringa ega bo‘lgan  Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi, Hindiston bilan hamkorlikda Endokrinologiya markazi tashkil etiladi.

Nomzodimiz saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida viloyat tibbiyot tizimi uchun faqatgina davlat budjetidan kelgusi besh yilda 5 trillion so‘m ajratilishini ma’lum qilib, tibbiyotda yangicha tartib yo‘lga qo‘yilishini bildirdi.

"Xalqimiz sodda, shifokor davlat tomonidan ajratilgan o‘nta doridan uchtasini bersa ham rozi bo‘lib ketaveradi. Endi yangicha tartib joriy qilamiz – pulni shifoxonaga emas, bemorga beramiz. Kasal bo‘ldimi, hisobiga pul tushiriladi, istagan dorisini olsin, istagan joyida operatsiya qildirsin. Baribir shu pul davlatdan ajratilyapti-ku. Tibbiyotda korrupsiya urchib ketgan, buni men aytmasam, kim aytadi?!", - dedi nomzodimiz.

Haqiqatdan ham ushbu bildirilgan takliflar ham odamlarimizni rozi qilishda, ham tibbiyotimizni ravnaq topishida turtki bo‘la oladi.

Ushbu bildirilayotgan barcha takliflar eng avvalo inson uchun, uning qadri uchun qilinayotganligini his qilib turibmiz. Inson qadri ulug‘langan yurtda o‘sish bo‘ladi, rivojlanish bo‘ladi va bizdan xalqimiz rozi bo‘lib, kelajakka umid bilan intiladi.

Inson farovonligi, erkinligi, xavfsizligi va qadrini hamma narsadan ustin deb bilgan nomzodimiz Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqiraman.

Mavluda IBRAGIMOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

  • Ko'rildi
    852
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Fikringizni qoldiring

+