Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz vatandoshlar!

14.01.2022, 10:25

Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz vatandoshlar!

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi va O’zLiDePning milliondan ziyod a’zolari nomidan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yangi O’zbekistonda “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan olijanob g‘oya amalda o‘z ifodasini topmoqda. Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz xalq, jamiyat bilan har qachongidan ko‘ra hamjihat va mushtarakdir.

Mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik bardavom bo‘lsa, sarhadlarimiz daxlsizligi ta’minlansagina  barcha jabhalarda o‘sish, rivojlanish bo‘ladi, buyuk orzu-maqsadlarimiz ro‘yobga chiqadi. Shu ma’noda yurtimiz posbonlarining mas’uliyatli xizmatini har qancha e’tirof etsak, sharaflasak arziydi.   

 Biz davlatimiz mudofaa qudratini har tomonlama oshirish, yetuk va malakali harbiy kadrlar tayyorlash, Vatan himoyachilari, ularning oilalari uchun munosib hayot sharoitlarini yaratishga bundan keyin ham alohida e’tibor qaratish tarafdorimiz.

Aziz Vatan himoyachilari!

Sizlarni butun xalqimiz keng nishonlayotgan shonli ayyom bilan yana bir bor qutlab,  mas’uliyatli vazifalarni  bajarishda kuch-g‘ayrat, ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilalariga esa fayz-baraka, baxt-saodat tilaymiz.

Aktam Xaitov,

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari

  • Ko'rildi
    275
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Fikringizni qoldiring

+