Prezidentimiz tashrifi Qoraqalpoq yoshlari hayotida yangi sahifa ochmoqda

29.08.2022, 16:56

Prezidentimiz tashrifi Qoraqalpoq yoshlari hayotida yangi sahifa ochmoqda

 Davlatimiz rahbarining bu galgi tashrifi aynan Vatanimiz Mustaqilligining 31 yillik bayrami arafasida bo‘lgani butun qoraqalpoq elini ruhlantirdi. Zero, Prezidentimizning bu qutlug‘ zaminga har bir tashrifi qoraqalpoq xalqi hayotida yangi sahifa ochishi bilan birga, ertangi kunga umid, ishonch, baxt va farovon hayot, tinchlik-osoyishtalik, keng imkoniyat-u, yangidan yangi orzu va maqsadlariga qanot bag‘ishlaydi.

Darhaqiqat, bugun  Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston, qoraqalpoq xalqiga bo‘lgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rligini har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yirik bunyodkorlik ishlari, o‘zgarish va rivojlanishlar, shahar va qishloqlarimizning yangi qiyofasi, qo‘yingki, odamlarimizning baxtli va farovon hayoti misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

E’tiborlisi, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar inson manfaatlariga xizmat qilishi, inson qadrini ulug‘lashi bilan ham ahamiyatlidir.

Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar siyosati davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunargao‘qitish, loyiha va tashabbuslarini amalga oshirishiga ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, umuman, yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida munosib shart-sharoitlarning yaratilishi ular uchun yangiimkoniyatlar eshigini ochmoqda. 

Prezidentimizning bu galgi tashrifi ham yoshlarimiz, aynan qoraqalpoq yoshlari hayotida yangi sahifa ochmoqda desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Qoraqalpog‘istondagi yosh tadbirkorlarga 7 yilgacha muddatga imtiyozli shartlarda ssudalar ajratishni yo‘lga qo‘yish, bo‘sh turgan davlat ob’ektlarida yoshlar va xotin-qizlarni xorijiy tillar va IT sohasiga o‘qitish kurslarini tashkil etish imkoniyatini yaratish, ushbu ob’ektlarni tadbirkorlarga 5 yilgacha bepul foydalanishga berish, Qo‘ng‘irot, Nukus va Chimboy tumanlarida 4 ta “Ishgamarhamat” mono-markazlarini tashkil etish,  Qoraqalpog‘istondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qo‘shimcha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bularning barcha barchasi Prezidentimizning  qoraqalpoq  xalqiga,  yoshlariga  bo‘lgan alohida mehr va e’tiborining yorqin ifodasidir.

Prezidentimiz faqat Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi  barcha  oliygohlarga alohida  6,5 mingta qabul kvotalari joriy etilishini ta’kidladi.

Bu imkoniyatlar, imtiyozlar nafaqat yoshlarimizni, balki, biz deputatlarni ham cheksiz ruhlantirdi. Endilikda bizdan talab qilinadigan narsa, bu berilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish, yoshlarimizning iste’dod va iqtidorlarini yuzaga chiqarish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni vatanparvarlik, insonparlik ruhida tarbiyalash, qolaversa, o‘zishimizga nisbatan yanada mas’uliyat bilan yondashishni talab etiladi.

Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “...Bugun shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hayot oldimizga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Biz zamon talablaridan kelib chiqib, kelgusida sizlar bilan birgalikda Qoraqalpog‘istonda yana ko‘plab katta-katta ishlarni amalga oshiramiz. Bu yangilanishlarni qoraqalpoq xalqi sezishi kerak. Eski usullar bilan Qoraqalpog‘istonda ishlab bo‘lmaydi”.

Darhaqiqat, O’zbekiston  mustaqil, sog‘lom va barkamol yoshlar yurti. Yoshlarimiz har bir sohada o‘z bilimi, faolligi, tashabbuskorligi bilan yangi marralarni zabt etishga qodir.

E’tiborlisi, bu kabi imkoniyat va yangilanishlarni bugun shahardan tortib, eng chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholi, yoshlarimiz o‘z hayotlari misolida his etib yashayotganliklari quvonarlidir, albatta. 

Muxtar Ibragimov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

  • Ko'rildi
    339
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Fikringizni qoldiring

+