Insonparvarlik namunasi

09.12.2022, 11:47

Insonparvarlik namunasi

Qutlug‘ sana – Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 30 yilligi arafasida davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan tegishli farmonga ko‘ra tuzalish yo‘liga qaytgan 400 ga yaqin mahkum afv etildi. Bu keyingi yillarda yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosati zamirida kechirimli bo‘lish, olijanoblik va mehr­muruvvat mujassam ekanini yana bir karra namoyon etdi.

Yangi O’zbekiston siyosatiga afv instituti barqaror va bardavom amaliyot sifatida kirib kelgani e’tirof etilmoqda. Afv instituti demokratik tuzum qaror topgan, insonparvarlik va adolat tamoyillariga amal qilinadigan, “Inson qadri uchun” tamoyili hayotga joriy etilayotgan mamlakatimizda tarbiyaning yangi va samarali usuli sifatida qo‘llanyapti. Zero, bilib-bilmay qilgan xatosi uchun odamni mahkum sifatida jamiyatdan ajratib qo‘yish maqbul yo‘l emas. Uni kechirish, to‘g‘ri yo‘l topishiga imkon berish, qo‘llab-quvvatlash asl insoniy qadriyatlardan sanaladi.

Ayrim raqamlarga e’tibor beraylik: 2017 yildan buyon Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 20 dan ortiq farmoniga ko‘ra afv etilgan fuqarolar soni qariyb 6 mingga yetdi. Ularga o‘z oilasi va jamiyatga qaytib, bundan buyon mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi bo‘lish imkoniyati yaratildi.

O’zLiDeP xalqimizning kechirimlilik, mehr-shafqat singari azaliy odatlari hayotga ko‘chayotganini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ham inson hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa huquqlarining oliy qadriyat sifatida tan olinishi, umuminsoniy prinsiplarni amalga oshirishdan iboratdir.

Sardorbek G’IYOSOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

 O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi

  • Ko'rildi
    521
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Fikringizni qoldiring

+