Germaniya — O’zbekistonning ishonchli va strategik hamkori

03.05.2023, 18:24

Germaniya — O’zbekistonning ishonchli va strategik hamkori

Mamlakatimiz o‘z taraqqiyot yo‘lida dadil qadam tashlar ekan, bunda eng avvalo rivojlangan davlatlar bilan ishonchli va strategik hamkorlikni izchil yo‘lga qo‘yayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Albatta, bunda ko‘plab sohalarda nafaqat Yevropada balki dunyo miqyosida  yetakchilardan hisoblangan Germaniya bilan ijtimoiy, iqtisodiy, savdo, logistika va boshqa ko‘plab sohalarda o‘zaro sheriklik munosabatlarining o‘rnatilgani har ikkala davlat manfaatlariga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2 may kuni Germaniyaga tashrifi davomida ham bu hamkorlik qirralari yanada kengayib, bir qator bitim va kelishuvlarga erishilgani quvonarli hol albatta. Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida ushbu mamlakat Federal Kansleri Olaf Shols bilan muzokaralarda O’zbekiston Germaniyani o‘zining ishonchli va strategik hamkori sifatida qabul qilishi, mamlakatlarimizni chuqur tarixiy ildizlar bog‘lab turganini qayd etildi. Haqiqatda keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlar barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak, o‘zaro tovar ayirboshlash va qo‘shma loyihalar soni ikki barobar ortdi. Yoki Germaniyadan O’zbekistonga investitsiyalar hajmi 5,5 milliard dollarga yetdi, shundan 4 milliard dollar oxirgi 6 yilda jalb qilingani taqsinga sazavor.

Umuman olganda "Yashil" energetika, xomashyo qazib chiqarish, kimyo, farmatsevtika tarmoqlarida, transport infratizulmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, innovatsiya va boshqa sohalardagi kooperatsiya loyihalari bo‘yicha katta hamjmda ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Yana bir muhim jihat shundan iboratki, Germaniya kompaniyalarining O’zbekistondagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “KfW”, “Deutsche Bank” banklari va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirishga kelishib olingani quvonarli bo‘ldi. Bundan tashqari Germaniya hukumati O’zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishini hamda Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imkon qadar tez imzolashini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi ham har birimizni quvontirishi tabiiy hol. Chunki O’zbekistonning Yevropadagi hamkorlarining ko‘payishi bu taraqqiyotga intilishdan darak beradi.

Eng muhim jihat haqida aytadigan bo‘lsam, Olaf Shols O’zbekistonning Markaziy Osiyoda do‘stlik va o‘zaro ishonch muhitini yaratish, integratsiyani chuqurlashtirish bo‘yicha yangi mintaqaviy siyosatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. "Germaniya - Markaziy Osiyo" formatida muloqot maydonini ishga tushirishga ahdlashib olindi. Umuman, tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, fan va innovatsiya sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.

Men aminmanki, davlatimiz yetakchisining Germaniyaga tashrifi ikkila davlat manfaatlariga xizmat qilish bilan birga xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi.

      Dilbar USMONOVA,

      Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

  • Ko'rildi
    461
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Fikringizni qoldiring

+