“PARLAMENTDA MENING O‘RNIM”
21.11.2017, 17:29

Loyihaning maqsadi:
Yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etilishi jarayoniga keng jalb qilish, deputatlik guruhlarining yig‘ilishlari kun tartibiga yoshlar muammolari bilan bog‘liq masalalarni olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”dan kelib chiqadigan partiyaviy vazifalarni amalga oshirish.
Loyihaning ob’ekti: O’zLiDeP elektorat vakillari – yoshlar
Loyihaning vazifalari :
- yoshlarga oid ishlab chiqilayotgan qonunlar loyihalariga yoshlar takliflarini olish tizimini shakllantirish va qabul qilingan qonunlarni chuqur o‘rganishni targ‘ib qilish.
- yoshlarni huquqiy bilimlarini yanada oshirish va ularning intellektual salohiyatining o‘sishga ko‘maklashish.
- zamonaviy fikrlay oladigan, bilimli, jamiyatda munosib o‘rin egallashga intiluvchan barkamol avlodni tayyorlash, ularning huquqiy madaniyatini shakllantirish.
- ko‘p partiyaviylik sharoitida maqsadlarimizga erishishning eng samarali yo‘llarini izlash va amalga oshirishda partiyaviy g‘oyalar va dasturlarimizning yanada keskin va raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash.
Loyihaning o‘tkazish muddati:
Loyiha har bir hududning chora-tadbirlar rejasiga muvofiq mart-dekabr oylari davomida davra suhbati, seminar trening, anjuman va kengaytirilgan yig‘ilishlar shaklida amalga oshiriladi.
Loyihadan kutilayotgan natija:
- Partiya saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar hayotga tatbiq qilinadi.
- Partiya tizimida istiqbolli yosh kadrlar zahirasi shakllantiriladi.
- Yoshlarda qonunchilik tashabbusi ruhi shakllanadi.
- Joylarda yoshlarning hayotiy muammolarini bartaraf etish bo‘yicha aniq amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
- “Yoshlar qanoti” guruhlari va deputatlik guruhlari o‘rtasida hamkorlikning samaradorligi oshadi.
- yoshlarga oid qonun loyihalariga yoshlarning takliflarini olish tizimi shakllantiriladi.