“ISHBILARMON TALABA”
21.11.2017, 17:30

Ko‘rik -tanlov maqsadi:
Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishini kuchaytirish, ularga o‘z biznesini tashkil etish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoit yaratish, ularning ijtimoiy siyosiy-faolligini oshirish, mamlakatimiz kelajagi yo‘lidagi intilishi, izlanishlari, jamoat ishlaridagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash.
Ko‘rik -tanlovning ob’ekti: O’zLiDeP elektorat vakillari - yoshlar, tadbirkorlar
Ko‘rik -tanlov shartlari:
- tadbirkorlik va ishbilarmonlik ko‘nikmalarini qay darajada o‘zlashtirganligi;
- zamonaviy axborot-kompyuter texnologiyalari, internet xizmatidan, milliy va xorijiy axborot-kutubxona fondlaridan foydalanish borasidagi bilimlari;
- ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, servis va qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish borasida ishlab chiqqan innovasion loyihalari;
- stipendiya sovrindori “a’lo” o‘qishi, uning partiya faoliyatidagi faol ishtiroki, namunali xulqi, yetakchilik qobiliyati, yoshlar bilan ishlay bilishi;
- milliy va liberal-demokratik g‘oyalarni qay darajada o‘zlashtirganligi.
Ko‘rik -tanlovning o‘tkazish bosqichlari va muddati:
Birinchi tuman va shahar bosqichi
Ikkinchi viloyat bosqichi
Uchinchi respublika yakuniy bosqichi