“DIPLOM BILAN BIZNESGA”

21.11.2017, 17:30

“DIPLOM BILAN BIZNESGA”

“Diplom bilan biznesga”loyihasining maqsadi:

Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishini kuchaytirish, oliy va o‘rta maxsus ta’limi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish,  ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilish, fermer   xo‘jaligiga bir kollej bitiruvchisini ishga joylashtirish bo‘yicha partiyaviy tashabbusni  amalga oshirish va partiya elektoratini ishbilarmon, tadbirkor yoshlar hisobiga kengaytirish  hamda “Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ijrosini ta’minlash.

Ko‘rik -tanlovning ob’ekti:  O’zLiDeP elektorat vakillari - yoshlar, tadbirkorlar

“Diplom bilan biznesga” loyihasinining vazifalari:

  • yoshlarning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni o‘rganishlari uchun o‘quv seminarlari uyushtirish, tadbirkorlik borasidagi bilim va salohiyatlarini oshirish;
  • mahalla, tuman, shaharlarda yoshlarning tadbirkorlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ularga biznes rejalar tuzish, istiqbolli loyihalar ishlab chiqish xususidagi ma’lumotlar berish;
  • yoshlarning tadbikorlik faoliyatiga qiziqadigan qatlamini qo‘llab -quvvatlash,  o‘quv seminarlar davomida olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashlari uchun ko‘maklashish;
  • bitiruvchi talabalarni ta’lim muassasalarida olgan zamonaviy bilim va tajribalarini kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish;
  • o‘quv seminarlari ishtirokchilariga kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik va boshlang‘ich sarmoyani shakllantirishga tijorat banklari tomonidan kredit olishga ko‘maklashish.

“Diplom bilan biznesga” loyihasini o‘tkazish tartibi:

Loyiha o‘quv seminarlar shaklida o‘tkazilib, mashg‘ulotlar  davomida ishtirokchilarga deputatlar, iqtisodiyot sohasining malakali mutaxassislari, tajribali tadbirkorlar va fermerlar, bank xodimlari, manfaatdor tashkilotlarning vakillari tomonidan yangi o‘quv texnologiyalari, interfaol uslublar, ma’ruzalar, bahs - munozaralar shaklida o‘quvlar o‘tkaziladi.

 “Diplom bilan biznesga” loyihasini o‘tkazish muddati:

Loyiha 2 bosqichda o‘quv-seminarlar shaklida amalga oshiriladi. 2014 yilning mart-aprel oylari davomida loyihaning tuman (shahar) bosqichi, may oyida tuman (shahar) bosqichda saralangan ishtirokchilar uchun 3 kunlik o‘quv-kurslari shaklida viloyat bosqichi o‘tkaziladi.Tadbir so‘nggida tijorat banklarida belgilangan tartibda imtiyozli mikrokreditlarni olish uchun maxsus sertifikatlar topshiriladi.

“Diplom bilan biznesga” loyihasidan kutilayotgan natija:           

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 28 iyuldagi  4232-sonli “Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash masalalari yanada rivojlanadi;

 - loyihani amalga oshirish orqali  joylarda yoshlar o‘rtasidagi bandlik muammolari masalalariga salmoqli hissa qo‘shilib, tadbirkorlik orqali yoshlarning jamiyatda o‘z munosib o‘rnini egallashga ko‘maklashiladi;

- innovasion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali  ishbilarmonlik qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlar tadbirkorlikka keng jalb qilinadi va ularga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashiladi;

-  tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi muammolar o‘rganilib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi va amaldagi qonun va qonunosti xujjatlarga tegishli o‘zgartish-qo‘shimchalar kiritiladi; 

- mamlakatimizda yuqori samaradorlikka erishayotgan  yosh tadbirkorlarning tajribalari o‘quv seminarlari davomida va OAVlar orqali keng targ‘ib qilinadi;

- partiya safi tadbirkorlik va ishbilarmonlik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, jamiyatdagi o‘zgarishlarda faol ishitirok etadigan yoshlar hisobiga kengayadi va partiyaning istiqbolli kadrlari zahirasi to‘ldiriladi

“Diplom bilan biznesga” loyihasidan erishilgan natija:

Yoshlarimizni mustaqil fikrga ega taraqqiy topgan davlatlardagi tengdoshlari bilan belashishga qodir bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shish, oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish kabi vazifalar amalga oshirildi. Yoshlarning innovasion loyiha va tashabbuslarini iqtisodiyotga joriy etish bo‘yicha muayyan takliflar ishlab chiqildi. Yakka tartibdagi mehnat faoliyatini boshlayotgan yoshlarga  mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratildi. Bitiruvchi yoshlarni ta’limdan keyingi davrda kichik biznes va tadbirkorlik sohasiga keng jalb etishga ko‘maklashildi.

  • Ko'rildi
    15197
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish